“Sudlar
to‘g‘risida”
qonun
qabul
qilindi.
Konstitutsiyaning 106-moddasiga binoan Sudlar
har qanday hokimiyat organlaridan mustaqil
holda o‘z faoliyatini olib boradi.
Mustaqil O‘zbekistonda sud tizimi
islohotlari 2 davrga bo‘linadi:
1)
1991-2016- yillar
2)
2017 - yildan keyingi davr
Birinchi davrda sudyalar vakolati 5 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2017 - yil 21-oktabrdagi
Sh. Mirziyoyev farmoniga binoan sudyalarni vakolat muddati birinchi martada 5 yil,
2-marotaba tayinlanishda 10 yil, uchinchi marta tayinlanganda umrbod deb
belgilandi.
2017 - yil 21 fevralda Shavkat Mirziyoyevning
“Sud tizimini tubdan
takomillashtirish va samaradorlogini oshirish chora-tadbirlari”
to‘g‘risida
farmonlari chiqadi. Farmonga binoan:
a)
Oliy Sud va Oliy xo‘jalik sudi yagona
Oliy Sudga
birlashtirildi
b)
Harbiy sudlari Qurolli Kuchlar tarkibidan Oliy Sud tizimiga o‘tkazildi
2017 - yil prezident
2700
mahkumni (956 tasi jazoni ijro etuvchi
koloniyalardan) afv etdi
Savol va topshiriqlar.
1. Mahalla deganda nimani tushunasiz?
2. Mahalla yig‘ini nima?
3. Qanday joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladi?
4. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi qachon va nima maqsadda tuzilgan?
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kimlar rahbarlik qiladi, ular
qanday tartibda va necha yilga saylanadi?
6. Muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
g‘amxo‘rligi haqida nimalarni bilasiz?
7. “Obod mahalla yili” dasturida qanday vazifalar qo‘yilgan?
8. Mahallangiz tarixi to‘g‘risida referat yozing.
9. O‘zingiz yashayotgan mahallaning nomi nima, uning rahbarlarini bilasizmi?
10. Inson huquqlari va erkinliklariga doir qanday xalqaro deklaratsiya, pakt va
konvensiyalarni bilasiz?
11. Nima uchun inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat deb tan olingan?
12. Shaxsiy huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?
13. O‘zbekiston fuqarolari qanday siyosiy huquqlarga ega? Ular qanday
qonunlar bilan kafolatlangan?
14. Inson qanday iqtisodiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan?
104
15. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan?
16. O‘zbekiston fuqarolari zimmasiga qanday burch, majburiyatlar yuklatilgan?
17. O‘zR Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
lavozimi qachon ta’sis etilgan, uning vazifalarini bilasizmi?
18. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz qachon tuzilgan, u qanday ishlar
bilan shug‘ullanadi?
21. O‘zbekistonda saylov qanday prinsiplar asosida o‘tkazilmoqda?
23. Nima uchun va qanday tartibda takroriy saylov o‘tkaziladi?
24. “Yoshlar ittifoqi” qachon tuzilgan, maqsadi nima?
25. Jamoat birlashmalari nima?
26. Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi?
27. Ommaviy axborot vositalari nima?
28. Siz qanday gazeta va jurnallarni qiziqish bilan o‘qiysiz?
29. Fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi nima bilan belgilanadi?
30. Qanday hujjatlarda jamoat birlashmalarining huquqiy asoslari belgilab
berilgan?
105
Do'stlaringiz bilan baham: |