8
-
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni,
tani hamda
g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy), ilmiy
usul va tamoyillari.
Ular quyidagilardan iborat:
-
Ilmiy xolislik (obyektivlik);
-
Tarixiy – tahliliylik;
-
Mantiqiy – uzviylik;
-
Vorislik va xronologik izchillik;
-
G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
-
Qiyoslash, kuzatish va umumiylashtirish;
-
Baxslashish, munozara yuritish va asoslab berish;
-
Matematik hisoblash;
-
Shakllash va modellashtirish;
-
Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka
(deduksiya);
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra ilmiy va amaliy
ahamiyatga moyildir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning
1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniniga ko‘ra – O‘zbekistonning yangi tarixini
tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda 2000 - yil “Sharq”
nashriyotida Mustaqil O‘zbekiston tarixi (III jild) chop etildi. Mustaqillik davrida
o‘tgan kunlarimiz alohida o‘rganishni,
tadqiq etishni, ilmiy-nazariy xulosalar
chiqarishni taqazo etadi. Chunki, birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo
hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi.
Moddiy resurslari, ishlab chiqarish
imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan
tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan,
mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda
respublikamizda ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli
holatda vaziyatni tezda anglab yetdi va to‘g‘ri siyosat yuritdi.
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‘i dinlar) tarixi bilan uzviy
bog‘liqdir. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar
ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki,
sovet tarix
fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan
dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish
ustuvor
bo‘lmog‘i keraglini zamon dolzarb qilib qo‘ymoqda. Shuning uchun ham u din bilan
mo‘tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib
turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi bo‘lmagan terroristik
guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek,
bu imkoniyat
tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga yo‘l ochib beradi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi
tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi
ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma
va darsliklar, tarixiy
9
asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning
ahamiyati katta bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: