Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

So‘z erkinligini ta’minlash
– insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan 
biri – o‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy 
axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun 
kompleksli shart-sharoitlarni yaratish. 
Shafe – 
(tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, homiylik 
qiluvchi; homiy. 
Taraqqiyot – 
jamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga 
yo‘nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o‘tishi jarayoni.
 
Taraqqiyotning

O‘zbek modeli” 

 
istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan islohotlar strategiya bo‘lib, 
taraqqiy 
topgan 
mamlakatlarning 
bozor 
munosabatlariga 
o‘tish tajribasi, 
mamlakatimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, 
xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. Shu tariqa yurtboshimiz 
tomonidan jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili 
vujudga keldi: Birinchi tamoyil: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Ikkinchi 
tamoyil: davlat – bosh islohotchi; Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha 
sohalarida qonunning ustuvorligi; To‘rtinchi tamoyil: aholining demografik tarkibini 
hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Beshinchi tamoyil: bozor 
iqtisodiyotiga ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy 
asosda, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich o‘tish. 
Tashabbus 
– lot. initsiativa initiative-tashabbus; qandaydir ishni boshlashga 
undash, ishbilarmonlik; muhokama qilish uchun takliflar berish. 
Tolerantlik 

 
fr. tolyrant (lat. Tolerāns-tolerantis) hozirgi o‘zbek tilida lug‘aviy 
tarjima qilganda chidamlilik, sabrlilik, bardoshlilik, toqatlilik ma’nolarini anglatadi. 


259 
Antik davr va o‘rta asrlarga qadar asosan tabobat sohasida keng istifoda etilgan 
mazkur tushuncha hayvonlar va insonlar organizmlarining turli-tuman kasalliklar, 
jarohatlar va umuman, hayot uchun kurashish jarayonlariga doir immun qobiliyatini 
o‘rganish masalalariga aloqador bo‘lgan. Keyinchalik boshqa fanlar doirasida ham 
e’tiborli asarlar yaratgan mashhur tabobat olimlari va aksincha, tabobat borasida ham 
diqqatga sazovor fikrlar bildirgan boshqa soha olimlari mazkur tushunchani kengroq 
ma’noda qo‘llay boshlaganlar (Epimenid, Gorgiy, Aristotel, Epiktet, Ibn Sino). XX 
asrga qadar tolerantlik tushunchasining ayniqsa din bilan bog‘liq muruvvat 
ma’nosidagi talqinlariga ko‘p duch kelish mumkin. Lekin mazkur asr boshlaridan 
texnika taraqqiyoti va uning asosida mehnatni tashkil etish munosabatlarining jadal 
rivojlanishi natijasida tolerantlik tushunchasi davlat va xalq munosabatlarida, ayniqsa 
huquqiy munosabatlar tizimida keng mazmun kasb etadi. Endi tushuncha chidam, 
sabr-toqat ma’nolarini yo‘qotmagan holda ko‘proq bag‘rikenglik, hamjihatlik, 
hamkorlik kabi mazmunda talqin etila boshlandi. 
Totalitar
– lot. totalis-butun, to‘la, bir butun); davlat hokimiyati organlari 
tomonidan jamiyat hayotining hamma sohalarini nazorat qiladigan davlat shakli, 
amalda konstitutsion huquq va erkinliklarni tugatilishi; bu rejimda davlat hokimiyati 
biron-bir guruh (siyosiy partiya) qo‘lida to‘planib, mamlakatda demokratik 
erkinliklar va siyosiy muholifatni amal qilishi uchun imkoniyatlar bo‘lmaydi. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish