Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

O‘zbekmuzey
” Respublika jamg‘armasi tuzildi.
Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan 
sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr 
etila boshlandi. 1999- yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy 
yodgorliklar bilan boyidi. O‘zbekistonda umumiy maydoni 137 -150 kv m ni tashkil 
etadigan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq 
ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar 
saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy 
yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta 
me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat 
muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-
qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, 
monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy 
ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Samarqand 
muzey-qo‘riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim 
me’moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruhobod majmuasi, 
Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, 
Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan 
qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja 
minorasi, Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-
tilovat ansambllari, Amir Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, 
Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’moriy yodgorlik majmualari qayta 
ta’mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy 
yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. 
4. Mustaqillik yillarida sport sohasi taraqqiyoti 
Davlatimizning birinchi prezidenti tomonidan chiqarilgan bir qator farmon va 
farmoyishlar natijasida mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining 
tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va 


159 
axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz 
ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir. 1992- yil 5- fevralda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni 
sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan 
ortiq sport inshootlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport 
maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, 
o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 - 
mln kishi jismoniy tarbiya va sport bilan Shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1992- 
yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993 - yil sentabrda 
xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101 sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-
avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan 
olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza 
medallarini qo‘lga kiritdilar. Sportning boks turi jadal o‘sdi. Artur Grigoryan, 
Muhammadqodir Abdullayev kabi o‘zbekistonlik bokschilarning nomi jahonga 
mashhurdir.
1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X Jahon 
chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba 
komandalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Bokschilarimiz M. Abdullayev 
va O‘. Haydarovlar oltin, T. Turg‘unov kumush medali sohibi bo‘lishdi. 2000-yili 
Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o‘yinlarida bokschilar 
M. Abdullayev oltin, Sergey Mixaylov va Rustam Saidovlar bronza medallarini, 
kurashchi Artur Taymazov kumush medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston bokschilari 
Shuhratini olamga namoyon qildilar. O‘zbek bokschisi Ruslan Chagayev 2007 - yil 
14- aprel kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida professional boksning WBA 
yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni N. Valuyev bilan bo‘lgan bellashuvda g‘alaba 
qozonib, o‘ta og‘ir vazn toifasi bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 
Sportning eng mashhur turlaridan biri hisoblangan tennis mustaqillik yillarida 
yangi bir pog‘onaga ko‘tarildi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis 
majmuasi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002-yillarda O‘zbekiston 
Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999-yilning 
iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik 
sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon turnirida g‘olib chiqib, kumush kubokning 
kichraytirilgan nusxasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan bir qatorda 1998- yil may oyida 
mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib, 
O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar. 
1994 -yilda Xirosimada o‘tkazilgan Osiyo 
o‘yinlarida 
o‘zbekistonlik 
yengil 
atletikachilar, 
merganlar, 
kurashchilar, 
dzyudochilar, bokschilar, futbolchilar jami 
40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal sohibi 
bo‘ldilar. 1999-yilda Germaniyada yoshlar 
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha 
xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 
nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok 


160 
etgan O‘zbekiston komandasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. 2002-yil 29-sentabr 14- 
oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 
o‘zbekistonlik sportchilar sportning 24-turi bo‘yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15 
ta oltin, 12 ta kumush, 24-ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, qirqdan ortiq 
mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o‘rinni egalladilar. Mustaqillik sharofati bilan 
milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki 
milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy 
jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, 
xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi.
1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 
sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 
o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga 
kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga 
taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom 
Karimov saylandi. 2000-2002- yillarda Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi 
bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash 
assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy 
kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi. 2004- yilda Liviya 
poytaxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 56 
mamlakatdan 128 - nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida hamyurtimiz, xalqaro 
grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha 
da’vogarlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‘lga 
kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi 
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi 
Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi. Ushbu 
Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi. Charm qo‘lqop 
ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular: 
Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), 
Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev 
(kumush), 
Rustam 
To‘laganov 
(bronza), 
Murodjon Ahmadaliyev (bronza). Ushbu natija 
Olimpiyadadagi boks musobaqalaridagi eng 
yuqori natijadir. Sportning ushbu turida medal 
jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston va 
Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda 
qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka 
erishdilar. 
Og‘ir 
atletikachimiz 
Ruslan 
Nuriddinov Olimpiada rekordini qayd etgan 
holda, oltin medal sohibiga aylandi. 
Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’tibor davlat 
siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ommaviy va professional 
futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning 
yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini 
oshirish maqsadida 1993 -yilda “O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada 


161 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1996-yilda “O‘zbekistonda futbolni 
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2006-yilda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Dunyoga O‘zbekiston sportchilarining salohiyati 
va qudratini namoyon etayotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol 
federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, 2003 -yildan FIFA hakami statusini olgan. 
2008-, 2009 -, 2010 -, 2011- va 2014-yillarda besh marotaba Osiyoning eng yaxshi 
hakami deb e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda 
“Dunyoning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. U o‘z faoliyati davomida futbol 
bo‘yicha jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuvni boshqarib 
(2014-yilga qadar), dunyo rekordini o‘rnatdi. Ravshan Ermatov Prezident 
farmonlariga muvofiq 2010-yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-
yurt hurmati” ordeni, Shuningdek, 2015-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 
hamda “Malibu” avtomobili bilan mukofotlandi. O‘zbekiston futbol terma jamoasi 
xalqaro turnirlarda uch marta bosh mukofotni qo‘lga kiritgan. Birinchisi, 1994 -yilgi 
Osiyo o‘yinlarida olimpiya terma jamoasi, 2012-yil 17 - yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 
Osiyo chempionati g‘olibi, 2018-yilda 23 yoshgacha bo‘lgan olimpiya terma jamoasi 
Osiyo chempioni unvoniga sazavor bo‘ldi.2018-yil Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha 
bo‘lganlar o‘rtasida o‘tka- zilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 
g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Osiyo 
chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali 
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident sovg‘asi 
– bittadan yangi Chevrolet Malibu avtomobili topshirildi. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish