milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati
yangi yuksalish
bosqichiga kirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi,
1992-yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi”,
markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va
folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash
maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda
Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida
folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar
va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994 -yil may oyida Parijda bo‘lib
o‘tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar
ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil
aprel oyida Тurkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari
negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan
iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va
qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni
amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi
“O‘zbekiston - Vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida”gi farmoni
qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini
o‘tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O‘zbekiston – Vatanim manim”
qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod
qo‘shiqchilar qatnashdi. Tanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta
qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-
yil 27 -avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik
tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va
avgust
oyining
uchinchi
yakshanba
kuni
“O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami
157
kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi
yangi qo‘shiqlar yaratildi. “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Men seni sevaman –
O‘zbekiston”, “Vatan yagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O‘zbekiston
askarlari” qo‘shiqlari Shular jumlasidandir. 1997 - yil 11- martda qabul qilingan
Respublika hukumatining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish
to‘g‘risida“ qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish,
rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997 - yil 25 - avgust – 2- sentabr
kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida
dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atShunoslar, jamoat arboblari
ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-
sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot – Granpriga sazovor bo‘ldi.
1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki
yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik
yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi
muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek
shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli
maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda
temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir
Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993 - yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan
chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, O‘zbek raqqosasi
Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur
cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994 - yilda
Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996- yilda O‘zbekiston
Gidrometeorologiya muzeyi, 1997 - yilda
Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim
Hamidov
muzeyi, Shuningdek oliy
ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar
ochildi. 1996- yil 1- sentabr kuni
Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan
Olimpiya shon-Shuhrat muzeyi ochildi.
Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning
xalqaro
musobaqalaridagi
muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan,
mamlakatimizda
sport
harakatining
rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib
qoldi.
1996- yil 18- oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-
aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan
uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari,
Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 - dan ortiqroq tarixiy, madaniy
yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi.
158
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning
ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi
eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya
hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga
ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi. O‘zbekiston
Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan
respublika hukumatining “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari
to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab
berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg‘armasi, Badiiy akademiya,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda
muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.
Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 1998-yilda “
Do'stlaringiz bilan baham: |