Tezkor davlat xizmatlari agentligi
ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu
mexanizm
dunyo
hamjamiyatiga
chinakam
demokratiya
yo‘lidagi
muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 7-2-sessiyasida, xalq hokimiyatini
nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global
maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va
Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq
fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini
ta’kidlabo‘tdi. Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi
o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq
bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti
o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar
yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora
muloqotlarda bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual
qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‘lish,
odamlarning ko‘p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish,
ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni
ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining (keyinchalik
Prezident
Administratsiyasi
) Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati
tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka
qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil
etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida
yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik,
o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar
yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik
idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda
yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning
talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig‘ilib, tegishli chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |