193
qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi.
Deklaratsiyada ovul va o‘rmon xo‘jaliklarin ilmiy tizimga o‘tkazish,
suv resurslarin
foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasi ishlab chiqish, hududning tabiiy
resurslarini boshqarish tartibini yengillashtirish,
ushbu hududda yashovchi
odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo‘yildi. 1995-
yili 24 -oktyabrda BMTning 50 yilligiga bag‘ishlangan Bosh Assambleya majlisida
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Bugungi kunda xalqaro
moliya tizimlari bilan rivojlangan davlatlar
qo‘llab-quvvatlashisiz,
BMTning
tashkiliy
rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas”
deb aytdi.
Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil
etildi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘z kuchlari
va chet el donorlari yordami bilan 2 mlrd 686
mln dollar investitsiya to‘plab, Shundan 856,25
-
ming
dollar
1997-yili
yuqoridagi
muammolarni yechishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining atrof-muhitni muhofaza
qilish bo‘yicha 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan dasturi
bu boradagi ishlarni yangi
bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‘yini
ekologik
sog‘lomlashtirish
ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan,
cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy o‘rmonlar
barpoetish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, mazkur
ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSh dollari va 57 -,63 million yevro
mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda
Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34
gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi.
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90
million AQSh dollari
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan
himoyalovchi
mitti
o‘rmonlar bunyod
etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi
turmush
farovonligini
yuksaltirish
borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
O‘zbekiston
Respeblikasining
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017-yil 19-
sentabrda
BMTning
72-sessiyasida
so‘zlagan nutqida Orol fojeasi masalasida
yana bir bor jahon jamoatchiligiga yuzlandi.
“Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik
muammolaridan biri – Orol xalokatiga yana
bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Mana, mening qo‘limda Orol fojeasi aks etgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha
izohga xojat yo‘q.
194
Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi
say-harakatlarni faol birlashtirishni taqazo etmoqda.
Biz BMT tomonidan Orol
fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Shu yil maxsus
dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”. Xulosa qilib aytganda mamlakatimiz
rahbari tomonidan Orol fojiasini oldini olish uchun so‘nggi yillarda anchayin ishlar
amalga oshirilmoqda. Va bu ishlarning ko‘lami yil sayin kengayib bormoqda
Do'stlaringiz bilan baham: