204
O‘zbekiston rahbariyatining 1995- yil
AQSh
vitse-prezidenti
Albert Gor bilan
uchrashuvi davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro
manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi.
Ayni paytda AQSH O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashdagi etakchilik rolini tan olib,
respublikamiz bilan terrorizm,
narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQSHga
tashrifi chog‘ida muhokama etilgan boshqa masalalar
sohasida teng huquqli
hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. O‘zbekiston rahbarining
1996- yil iyun oyida AQSHga qilgan tashrifidan so‘ng O‘zbekiston tashqi siyosatida
AQSH o‘ziga xos o‘rin tutdi. Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston va AQSH
o‘rtasidagi
aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish,
Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. O‘zbekiston
Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida mintaqa xavsizligi, ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalarga oid masalalarni muhim rol o‘ynaydi.
3. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo
davlatlari bilan hamkorligi
Belorusiyaning Belovejskoe Pushche qarorgohida 1991- yil 8 - dekabrda
uch
davlat Rossiya, Ukraina, Belorusiya Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligini
tuzish
to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shartnomada SSSRning mavjudligi va SSSR
Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. 1991-yil 21-dekabrda Almatida
Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izisgon,
Tojikiston,
Turkmaniston,
Ozarbayjon,
Armaniston,
Moldaviya
davlat
boshliqlarining
kengashida ushbu davlatlarning MDH ga a’zo bo‘lganligi to‘g‘risidagi bayonot qabul
qilindi.
1992-yil 15-may kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi
kengashi bo‘lib o‘tdi. Toshkent Kengashida bir qator hujjatlar imzolanadi. 1993 - yil
yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda MDH
ning Nizomi imzolanadi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.
1993- yil 24 - sentabrda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib
o‘tdi. Unda MDH doirasida iqtisodiy ittifoq
barpo etish
masalasi muhokama etildi va
iqtisodiy ittifoqfni tuzish haqidagi shartnoma
imzolandi. 1994 - yil 21-oktyabrda Moskvada
MDH davlat boshliqlarining Kengashi bo‘lib
o‘tdi.
Kengashda
Iqtisodiy
ittifoqning
Davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi.
Shuni qayd etish zarurki 1991-2001-
yillarda MDH davlat boshliqlarining 30 ga
yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib
iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,
tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli
hujjatlar imzolandi. 1993 - yil MDH davlatlari bilan imzolangan «Iqtisodiy ittifoq»
haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro
hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
205
Shuningdek O‘zbekistonning
Do'stlaringiz bilan baham: