32
huquq qoidalari, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”.
Shuningdek, birinchi moddada: “O‘zbekiston SSRniig demokratik davlat
mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy kismlarni belgilashda va
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir” – deb belgilab qo‘yildi. Sessiya
qabul qilgan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz
tomonidan katta mamnuniyat
bilan kutib olindi.
Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga
doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. 1991- yil 15 fevralda O‘zbekiston
Oliy Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus
qaror qabul
qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
“Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ga amal qilib, O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashi qaror qiladi:
XII chaqiriq Oliy Kengash
II sessiyasida tuzilgan, O‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga
O‘zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar
hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika
jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko‘rsin.
Bu boradagi takliflar
matbuotda e’lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan qonunlar. O‘zbekiston
Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari kata ahamiyatga ega bo‘lib, ular
respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo‘liga bevosita
qaratila boshladi.
1991- yil 22 - iyulda O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashi Prezidiumi “O‘zbekiston SSR
hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi
davlat
korxonalari,
muassasalari
va
tashkilotlarini “O‘zbekiston SSRning huquqiy
tobeligiga o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul
qilib, jumladan, unda “O‘zbekiston SSRning
“Mustaqillik Deklaratsiyasi”ga amal qilib,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida mehnat
jamoalari manfaatlarini himoya qilish va ularning xo‘jalik mustaqilligini ta’minlash
maqsadida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tadi”, deb
qayd qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorda “O‘zbekiston SSR Prezident huzuridagi Vazirlar
Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
O‘zbekiston SSR huquqiy tobelggiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi”.
Shunday qilib, o‘tgan asr 90-yillarning dastlabki davrlarida O‘zbekiston SSR
Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashi va Hukumati
O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil
qadamlar qo‘ydilar. Bu qadamlar xalq tomonidan ham qoniqish bilan kutib olina
boshladi.