18
berayotgan o‘zgarishlar, ayrim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kishilarda
ertangi kun va porloq kelajakka ishonch ruhini yana uyg‘otdi. Dastlabki davrda qayta
qurish
rahnamolari, ya’ni, yuqorining quyi bilan munosabatlarida ma’lum
kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi.
Lekin, keyinchalik vaziyat butkul o‘zgardi. 1986-1987 yillardan boshlangan
iqtisodiy inqirozning kuchayishi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘quvsizlik
demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi - bularning
barchasi jamiyat a’zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta
qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniq ko‘zga tashlanib qoldi.
Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: siyosiy
safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi loqaydlik
holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini
sustkashlik, davlat va firqa
siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar
xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkon
yaratdi. Shu bilan birga,
bunday jarayonlarni madaniy
shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni
bo‘lmadi.
Buning
ustiga
Ittifoqqa
nisbatan
O‘zbekistonda respublika rahbariyati demokratiya va
oshkoralikning kuchayishiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga
ko‘proq kommunistik mafkuraning yakkahokimligi,
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi.
Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi,
demokratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar
ko‘rinishi tusini oldi. Fikrlar xilma-xilligining turli
ko‘rinishlari esa yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda hurfikrlilik va
demokratiyani ta’qib etishi asnosida yuz berdi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi
siyosiy rahbariyati
Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Komiteta rahbariyati Markazdan qochish, uni inkor etish siyosati o‘rniga
ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lidan bordi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitet birinchi kotiblari I.Usmonxo‘jaev
va R.Nishonovda qat’iy jur’at, Ittifoq doirasida respublikaning tutgan o‘rnini ochiq-
oydin aytish uchun jasorat yetishmadi. Aksincha, bu rahbarlar va ularning
o‘rinbosarlari Markaz vazifalarini tezroq uddalash,
respublikaning Ittifoqqa
boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi soxta fikrlarni tasdiqlash va takrorlashdan nariga
o‘ta olmadilar. Ijtimoiy va ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi in-
ternatsionalizm mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urunildi. Bu narsa o‘zbek tiliga
munosabat, islom dini, milliy urf-odatlar, an’analar va diniy marosimlar, xususan,
Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol sezilib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: