3. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti
Hozirgi kunda O‘zbekiston
markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga
berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq
so‘mni, yoki butun Qoraqalpog‘iston byudjeti xarajatlarining 7-5 %ni tashkil
etmoqda. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy
mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini
yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga
erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan
yurt istiqboli yo‘lida mehnat kilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida nodavlat sektorning xissasi oshib bordi.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 %ni tashkil
etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil
amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy islohotlar amalga
oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat
ko‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan
hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”,
“Aloqabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”,
“G‘allabank” kabilarning Qoraqalpog‘iston bo‘limlari tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
tashkil etildi. Qoraqalpog‘istonda ulgurji va birja savdosi bilan Shug‘ullanuvchi
xissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar,
iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida
ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, Shu jumladan 4 ta savdo uyi, 35
ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 32 ta ko‘tara savdo bazasi xamda
O‘zbekiston tovar xomashyo birjasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, 19 ta supermarket
184
do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 1999-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan
ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy
xajmi 650 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20% respublika ijtimoiy taraqqiyotiga
ajratildi. 50% esa tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar
ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini
xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2000 -yilga kelib 2932 ta
sanoat korxonasi xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda
faollashdi. 2000-yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so‘mlik
aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 - ta kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari,
8977 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakunlariga ko‘ra
ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so‘mni tashkil etdi. Jami sanoat
ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90% ga o‘sdi. Respublikada
1996-yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 7 54,4 mln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab
chikarildi.1991-2010 -yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar
yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor
trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab
chiqarish ko‘paydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli
materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi,
salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish sohalari o‘sdi. Sanoatda bir qator ijobiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi
qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotda “Urga” gaz sanoati
korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi.
Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83% ga etdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik
jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan ta’minlangan, yiliga 60
ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi
ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil
sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993-yili Nukusda “Kateks”
to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik
majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva
mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa Shunday quvvatga
ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida
Markaziy Osiyoda yagona 600 mln dollarga qiymatga ega yiliga 190 ming tonna
kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy
yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish
ham ko‘zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta
yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini
sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida
e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib,
to‘rttasi modernizatsiya qilinadi. 2000 -yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan
bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-
185
Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr
avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100
kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham
alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi
istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini
amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt
kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika”
aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-
harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan
“Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana Shu ekspeditsiya
izlanishlarining samarasidir. Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan,
havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi
Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon
dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli
nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 2014-yili nufuzli
“Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-
gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh
dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati
rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi `shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub
metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun
3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102
ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda.
Qoraqolpog‘istonda 1991-2000-yillar orasida mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi
mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Lekin ko‘p sanoat
korxonalarining asosiyishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) holati
eskirganligi sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 %dan yuqori edi. Eng avvalo,
yigiruv-tikuv fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva
zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda
istiqomat qiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga
o‘tish ro‘y berdi. Xususan, 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq
xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatardi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan
mahsulotdagi ulushi 98,3% ni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat
korxonalarning xissasi 97 -,8% ni, donchilikda 98,1% ni, kartoshkachilikda 99,7 - %
ni, sabzavotchilikda 98,8% ni, polizchilikda 95,1% ni, bog‘dorchilikda 98,5% ni,
pillachilikda 100% ni, go‘sht yetishtirishda 98,9% ni, sut va tuxum ishlab chiqarishda
99,4% ni, qoraqul teri va jun yetishtirishda 100% ni tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda dehqonchilikda ekin maydonlarining
tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8% ni tashkil etdi.
Bug‘doy va kartoshka yetishtirish 3 marta, uzum etishtirish 4 martaga ko‘paydi.
Qoraqalpog‘istonda dehkon fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha yetarli tajriba
186
to‘plandi. 1998-yilga kelib 1686 ta fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi.
Ellikqal’a tumanida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari
uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq
muddatga
ijaraga
berildi.
Lekin
Qoraqalpog‘istonda
ana
Shu
tajribani
ommalashtirishga mutlaqo e’tibor berilmadi.
1992-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
tashkil etildi. 1992-2000 -yillarda Jahon Banki, Yevropa Taraqqiyot Banki va boshqa
moliyaviy tashkilotlar bilan 100 ortiq shartnomalar tuzildi. Respublikada 303dan
ortiq qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining
tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Shveysariya,
Niderlandiya hisoblanadi. Asosan paxta tolasi, toladan olinadigan mahsulotlar, qayta
ishlangan neft mahsulotlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 1996-yilda 122 -
,9 mln dollarga teng bo‘ldi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6
mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95% ni tashkil
etdi. Tashqi savdo aylanmasida importning salmog‘i 1996-yilda 46,2% ni tashkil
kildi. Import mahsulotlari tarkibiga asosan xalq iste’mol mollari, qora va rangli
metallar, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan
shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari,
quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi.
Lekin respublikaning imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Masalan, 1999-yili
respublika hududida 70 ga yaqin foydali qazilma konlari aniqlandi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor
kuchaydi. Respublika aholisi 1,5 mln kishiga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi 1992-yili 2-sentabrda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik
muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-sonli
qarorini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish
to‘la hal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5% ga etdi.
1992-1996- yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming
885 km vodoprovod tarmog‘i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari yetkizildi va
tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4% ni, Shu jumladan, shaharda 99,4% ni, qishloqda 7
2,4% ni tashkil etdi. Ko‘plab sog‘liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar,
tug‘ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston
Respublikasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor
yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan
izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-
kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. Mustaqillik yillarida bu
zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ro‘y bergan o‘zgarish va
yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro
bag‘ridagi mo‘jiza –Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo
bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel
187
zavodlari, O‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish
obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot
texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari,
o‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va
san’at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo
bo‘ldi.
Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan
243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i ishga
tushirildi. 1991-2010 -yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar
yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan
ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‘ldi. Bu sohada ham islohot
islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya
doimiy ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. 2000 -yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani
bilan
bog‘laydigan
ulkan
ko‘prik,
2001-yilda
345
kilometrlik
Nukus-
Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning
uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom
ettirilmoqda.
Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham
alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi
istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini
amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt
kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika”
aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-
harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan
“Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana Shu ekspeditsiya
izlanishlarining samarasidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta
yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini
sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida
e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib,
to‘rttasi modernizatsiya qilinadi.
Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan
“Bunyodbek-Xo‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha
“Yoqubova Gavhar” fermer xo‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada
“Global national-tex” sho‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi
“Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq
ishlab chiqariladi. “To‘rtko‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida
zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
188
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali
iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston
fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan
birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston
Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy
loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga
ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy
to‘ylariga kelin to‘ylari ulanib ketayotir.
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi,
iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda
zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey
foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab
binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan
maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-
qizlar
zamonaviy
bilimlarni
o‘rganmoqda.
O‘tgan
yili
Nukus
shahri
markazida 2,5 milliard so‘mlik loyiha
asosida bunyod etilgan va barcha
qulayliklarga
ega
“Baxt
uyi”
foydalanishga topshirildi. Inson baxt
uchun dunyoga keladi. Bu borada
mamlakatimizda
yoshlarga
doimiy
g‘amxo‘rlik
ko‘rsatilmoqda.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy,
Xo‘jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yuzlab yosh oilalarga “Kamolot”
uylari topshirildi.
Nukus shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari
amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‘l vokzali,
I.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi tanib bo‘lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb
etdi. Shaharning Qoraqalpog‘iston, Amir Temur, To‘lepbergen Qaipbergenov
ko‘chalarida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan yuzlab
oilalar hayotiga o‘zgacha Shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik
kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 2,5 kilometr masofada ko‘plab ko‘ngilochar, dam
olish obyektlari ishga tushirildi.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda
Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34
gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi.
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan
189
himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi
turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qo‘ng‘irot soda zavodidir. Ko‘plab sohalar
uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik
korxona o‘z mahsulotining aksariyatini eksportga yo‘naltirmoqda. O‘tgan yili
korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 - ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki
bozorda “Kvars”, “Asl oyna” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zkimyosanoat”
aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qo‘ng‘irot soda
zavodining asosiy buyurtmachilaridir.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan
yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand
bo‘layotir. Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-
texnik bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali
ishlashga undamoqda, – deydi Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori
o‘rinbosari J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga to‘g‘ri
tashxis qo‘yib, zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning
barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga
qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasidir.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va
bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab
olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir.
Bugun Qoraqalpog‘iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Polsha va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‘or
tajribalarni qo‘llashi oddiy holga aylandi.
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli
islohotlar
iqtisodiyotimizning
barqaror
rivojlanishi,
xalqimiz
farovonligini
yuksaltirishga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida
chekka hudud sifatida mutlaqo e’tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi bugun ana Shunday taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Bugunidan
mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat’iy bo‘lgan Qoraqalpog‘iston xalqi Vatanimiz
mustaqilligining 25 -yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu
ularning Shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |