Men ERKINOVA SHAROFAT Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti huzuridagi Urganch Sharq tillari va ko'rsatish texnikumi 2-Kurs talabasiman xozrda Urganch shahardagi Tillo Domor xususiy korxonasida amaliyot o'tadim va juda kop narsalarni organdim.
Sutdagi kazeinni shirdon fermentlari ta‘sirida ivitish natijasida hosil bo'lgan quyqaga maxsus ishlov berish yo’li bilan olingan mahsulotga shirdon pishloqlari deyiladi. Uning asosiy xomashyosi sut hisoblanadi. Pishloqning sifati xomashyoning sifatiga bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan sut tarkibida asosiy kimyoviy moddalardan tashqari, yetarli darajada vitaminlar, fermentlar, erkin aminokislotalar, miner l moddalar bo'lishi zarur. Mikroorganizmlar bilan yuqori darajada ifloslangan, shirdon fermentlari ta‘sirida yaxshi quyqa hosil qilmaydigan sut pishloq tayyorlashda ishlatilmaydi. Pishloq oqsil va yog’larga boyligi sababli ham yuqori energiya beruvchi manba hisoblanadi. 100 g pishloqning energiya berish qobiliyati xillariga qarab 250 dan 400 kilokaloriyagacha bo'ladi. U qiymatga ham egadir. Biologik qiymat i tarkibiga kiruvchi aminokislotalar, vitaminlar va foydali mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan fermentlar miqdori bilan ham o'lchanadi. Ma'lumki, sut oqsili aminokislota tizimi bo'yicha to'liq qiymatli oqsil hisoblanadi. Shu sababli, pishloq oqsili to`la qiymatli bo'lib, ular triptofan lizin, metionin kabi noyob aminokisiotalarga boydir. Pishloq vitaminlarga ham boy. Sut qayta ishlanish jarayonida undagi deyarli hamma yog’da yeruvchi vitaminlar pishloqqa o’tadi. Suvda eruvchi vitaminlarning ma ‘lum qismi pishloq olish jarayonida zardob bilan chiqib ketsa-da, ularning etilishida ba‘zi bir sut kislotasi bakteriyalari yordamida qaytadan sintez bo’ladi. Shu sababli pishfoqda yog’da eruvchi vitaminlar bilan bir qatorda suvda eruvchi vitaminlar ham uc hraydi. Bp B2, Bl2 vitaminlari shular jumlasidandir. Pishloq mineral moddalarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Uning umumiy miqdori o’rtacha 4 %ni tashkil etadi. Pishloq, asosan, kalsiy va fosforning asosiy manbai hisoblanadi. Ma‘lumki, katta yoshdagi odamlar uchun kalsiyning bir kunlik iste‘mol normasi 0,8—1 gramm. 100 g pishloq tarkibida o’rtacha 1 g kalsiy bo'ladi. Demak, GHF g pishloq iste‘mol qilgan kishi organizmi bir sutkada Pishloqni ishlab chiqarish sutni qabul qilish hamda ivitishga tayyorlash bilan boshlanadi. Organoleptik va fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari asosida sifati tekshirilgan sut ivitishga tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |