Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 1,16 Mb.
bet18/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

1.Nikki janrining shakllanishida asosiy omillarni sanab bering.

2. Ayollar va erkaklar kundaliklarining farini sanab bering.

3.Kagero nikki asarining xeyan davrining kozgusi sifatida ta’riflang.

ZUYXITSU” JANRINING SHAKLLANISHI

Reja:


  1. “Dzuyxitsu” janrining xususiyatlari

  2. Sey Shonagonning ”Makurano soshi” asari

Tayanch iboralar:

  • Dzuyitsu

  • Makura-no soshi




Zuyxitsu – yapon qisqa nasri bo’lib, muallif unda hayoliga kelgan har narsani uning nechog‘lik adabiy til normalariga muvofiqligi haqida hech o’ylamay yozadi. Zuyxitsu mumtoz asarlari qatoriga “Bosh tomondagi nomalar” Sey Shonagon (X asr oxiri), “Xujradagi nomalar” Kamo-no Chomei (1153-1216), “Zerikishdan yozilgan nomalar” Yoshida Kenko (1330 y.), “Shox-shabbalarni yig‘ish va yoqish” Arai Xakuseki (1716-1717 yy.) kiradi.

Sey Shonagon (清少納言966-1017) o’rta asrning taniqli yapon adibasi hamda Xeyan davri Tayshi (Sadako) hoqon ayolining saroy ayonlari-xonimlaridan biri. Yapon adabiyotida zuyxitsu (esse) adabiy janrining boshlanishiga turtki bergan yagona “Makurano soshi” (“Bosh tomondagi nomalar”) kitobining muallifidir.

Uning tarixga kirgan ismi Kiyovara familiyasi birinchi ieroglifi “sey”dan, “shonagon” esa uning qavm-qarindoshlaridan birontasi bo’lgan kichik hukumat maslahatchisining faxriy nomlaridan iboratdir. Uning asl ismi ma’lum emas. Bu borada turli xil farazlar mavjud bo’lib, hozirgi vaqtda Kiyoxara Nagiko (清原諾) ismi haqiqatga yaqinroq deb qaraladi.

Sey Shonagon hayoti haqida ma’lumot kam, aksariyat hollarda uning hayoti va ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlar taxmin va farazlarga tayanib tuziladi. U Kiyovara ziyoli oilasidan kelib chiqqan.

Uning otasi Motosuke (908-990) va katta bobosi Fukayabu taniqli yapon shoirlaridan bo’lishgan. Shunga qaramay ular mayda, kamdaromad mansablarini egallaganlar. 981 yilda 16 yoshida Sey Shonagon unchalik yuqori bo’lmagan amaldor Tatibana Norimitsuga turmushga chiqadi. Ularning turmushi uzoqqa cho’zilmadi, ammo ularning bir o’g‘il farzandi bor edi. Afsonalarda Sey Shonagon turmush o’rtog‘I yaxshi shoir bo’lmaganligi sababli ajrashgani to’g‘risida farazlar mavjud. Keyinchalik u Fujivara Muneyo ismli shaxsga turmushga chiqadi, ularning bir qiz farzandi bo’ladi. Aytishlaricha, bu qizaloq Koma bo’lgan, ya’ni, kelajakdagi taniqli shoira. Sey Shonagon uchinchi marotaba ham turmush qurgani haqida ma’lumotlar bor. 933 yil 27 yoshlik Sey Shonagon Ichize imperatorining ayoli yosh Teyshining saroy mulozimi bo’lib ishlay boshlaydi. Hoqon ayoli Teyshi keyinchalik “Bosh tomondagi nomalar” kitobining bosh qahramonlaridan biriga aylanadi. Sey Shonagon uchun og‘ir damlar Teyshi otasining o’limidan so’ng boshlanadi. Teyshi otasining akasi hisoblanmish Fujivara Mchinaga o’z qizini ikkinchi hoqon qizi etib tainlaydi. 1000 yili tug‘ruq vaqtida dastlabki hoqon qizi vafot etgach, Sey Shonagon lavozimini tark etadi. Aytishlaricha, aynan o’sha vaqtlarda uning ikkinchi turmushi bo’lgan. Baxayr vaqtda yozilishi boshlangan “Makurano soshi” asari 1001 va 1010 yillar oralig‘ida tugatilgan deb hisoblanadi. Kitobda yozilishicha, u mazkur asarni o’zi uchun yaratgan biroq nogahon tashrif buyurganlardan biri qo’lyozmani o’zi bilan olib ketib, shu tariqa “nomalar” tarqalib ketishiga sabab bo’lgan. Hoqon qizining o’limidan so’ng adiba hayotining tavsilotlari to’g‘risida hech qanday ma’lumot yo’q. Aytishlaricha, Sey Shonagon qariligini nochorlikda o’tkazgan garchi bu afsonaga o’xshasa ham. Turmush o’rtog‘ining o’limidan so’ng u buddizmda rohibalar sochlarini qiriqtirganlari kabi sochlarini kestirib tashlaydi. Uning qabri bir nechta provinsiyalarda ko’rsatiladi ammo aniq ko’milgan joy haqida to’liq ma’lumot mavjud emas.

Ijod yo’li. Sey Shonagon o’zining “Makurano soshi” asari bilan tanilgan. Ushbu kitob saroy ahlini qiziqtirgan barcha narsani qo’lyozma nusxalarini, ovozalarni, she’rlarni, esse va hikoyalarni o’z ichiga qamrab oladi. “Nomalar”ni saroyda bo’lgan vaqtidan boshlab hoqon qizining vafotidan so’ng tugatganligi haqida taxminlar bor. Kitob xronologik (ya’ni voqealarning ketma-ket joylashgan) joylashmagan 320 alohida bo’limdan iborat. Dastlabki “noma”si 1000-yil bilan belgilanadi. Shuning uchun ham voqealar rivojlanishining rejasi muallifning g‘oyalariga qanchalar muvofiq kelishini anglash imkoni yo’q. “Makurano soshi” asari yapon adabiyotining yuksak komediyasiga yaqinlashishning dastlabki ko’rinishlaridan biridir. Mazkur kitob o’sha davr kundalik hayot tarsi haqida ma’lumot beruvchi ishonchli manbaalardan biri bo’lib, u hazil-mutoyibaga to’la, olam haqida chiroyli taasurotlar haqida so’zlovchi adabiyotning nodir namunasidir. ushbu shaxsiy xotiralar (qaydnomalar) adibaning saroydagi o’n yillik umrini qamrab olib, muallifni murakkab, aqlli, sabrsiz, o’ta ziyrak, g‘ayratli, dono, nozik tabiatli, ba’zida odamlarni o’zining ham ijtimoiy kelib chiqishi ham aqliy salohiyati bilan solishtirib, past nazar bilan qaraydigan hamda ularga nisbatan besabr va qattiqqo’l bo’ladigan, barcha narsadan boxabar ayol sifatida kas ettiradi. Mazkur ishining tarjimasi bilan Vera Markova shug‘ullangan. To’liq bo’lmagan nashr – “Tanlangan betlar” ham uchraydi.



“Makurano soshi” – asarning mualliflik nomlanishi emasdir. Mazkur nom Sey Shonagon yaratgan ijodiy asari uchun vaqt o’tib olimlar tomonidan eng maqbul va mos variant sifatida berilgan. Bosh tomondagi nomalar deb, o’sha vaqtlarda shaxsiy xotiralar qayd etilgan daftar tushunilgan. To’shak bosh tarafida tortma o’rnatilar hamda unda shaxsiy yozishmalar, xatlar yoki daftarlar saqlanar edi. Sey Shonagonning xotiralariga tayanadigan bo’lsak, u hoqon qizidan sovg‘a sifatida bir bog‘lam qog‘ozni qabul qilgan, ularni daftar ko’rinishiga keltirib, yoza boshlagan. Unga nafaqat fikr, hayolarning hamda hissiyotlarning

qog‘ozga quyilib kelib aks etishi balki, mazkur jarayonning o’zi huzur bag‘ishlar edi. Haqiqiy yaponcha yondashuv, shunday emasmi?

“Makurano soshi”ni an’anaviy xronologik tuzilishdan holi bir o’zgacha kundalik deb tushunish mumkin. “Nomalar”ni an’anaga ko’ra “zuyxitsu” (ma’nosi – “mo’yqalam ortidan”) janriga kiritishadi. Zuyxitsu – yapon nasrining janri bo’lib, unda muallif hayoliga kelgan barcha narsani yozib boradi, shu bilan birga hayollari va xotiralarining ijtimoiy ahamiyati, adabiy til normalariga rioya qilinib bayon etilayotgani yoki etilmayotgani haqida hech ham o’ylanmaydi. Quyidagi jumla asarda keltirilgan: “Mening nomalarim begona ko’zlar uchun atalgan emas, aynan shuning uchun men istaganimni, hattoki yoqimsiz va g‘alati narsalar haqida yozaman.”

Hoqon qizi vafotidan so’ng, Sey Shonagon saroydan uzoqroqqa ketadi. Shunda uni bir eski tanishi ko’rgani keladi. U bexosdan hamda adibaning e’tiborsizligi sababli uning “kundaligi”ni o’zi bilan olib ketadi. Shu tariqa “Makurano soshi” butun dunyoga taniladi. Bizgacha yetib kelgan “Makurano soshi”ning varianti muallifning hayollari, xotiralari va dunyoqarashning oqimidir. “Nomalar”da hayotiy sahnalar, latifalar, novellalar, she’rlar, tabiat tasvirlari, saroy hayoti va xizmatchilari, lirik o’ylar, ming yillik boshlanishida yapon aslzodalarining urf-odat va hayot tarzlarining chizgilari berilgan. “Nomalar”ning aksariyat qismlari xronologik tizmga

solinmagan. Hattoki kitobdagi aniq tarixiy faktlar hech bir mantiqiy izchillikda joylashtirilmagan. “Makurano soshi” bizgacha to’rt royxatda yetib kelgan. Sal kam yuz yil avval uning beshinchi varianti ham topilgan.

Kitob ‘dan” – boblardan iborat. Bizgacha hech bir xronologiya qonun-qoidalariga rioya etilmagan, tuzilishning ma’lum bir chizgilariga ega bo’lmagan hamda klassifitasiya qilinmagan, erkin joylashgan 300 dan yetib kelgan. “Makurano soshi” ikki tomonlama o’zgacha ensiklopediya hisoblanadi. Bir tomondan, o’sha davr insoni o’zi uchun yaratilgan kundalikdagi qaydnomalarchalik qadim yapon hayot tarsi haqida bizga yanada aniqroq xotiralarida atayin bo’rttirib ko’rsatish hamda real hayotni borligicha olib chiqmaslik holatlarini toppish amri mahol bo’ladi. Asarning yagona o’ziga xosligi unda muallifning har bir insonda mavjud bo’ladigan obyektiv dunyoqarash orqali tarixiy reallikni bo’ysundirishda namoyon bo’ladi.

Boshqa tomondan “Makurano soshi” – deyarli ming yil avval yashagan insonning noyob fikrlari va qalb tug‘yonlari jamlanmasi hisoblanadi. Sey Shonagon qanday va nima to’g‘risida o’ylaganini anglash, insonning o’zligini tushunishga bir qadam yaqinlashtirgan bo’ladi. “Nomalar” son jihatidan aniq ma’lumotlarni berib o’tishi bilan jiddiy ilmiy ishga deyarli tenglashtiriladi. Birinchi o’rinda Sey Shonagon tez-tez hoqon va uning qizini tilga oladi. Ularni Sey Shonagon inson qiyofasida qabul etib, ilohiylashtirgan. Mavjud bo’lgan bunday munosabat esa, Sey Shonagon uchun libos va kundalik mashg‘ulotlarni, hoqon va uning oilasining saroy ayonlari, qavm-qarindoshlari va o’zaro munosabatlarini tasvirlashga monelik qilmaydi.

“Makurano soshi”da ko’proq freylin (hoqon xizmatida bo’lgan shaxs), amaldor shaxslarning hamda harbiylarning nomlari tilga olingan. Kitobxonlarning aksariyat qismi hozirgi kunda ularni mashhur general, maslahatchi, vazir, shoirlar sifatida qabul qiladilar. Mazkur kimsalar yo Sey Shonagonning o’zi ishtirok etgan voqealarning qahramoniga aylanishadi yo biron kimdan eshitgan yoki o’qigan voqea-hodisalarning ishtirokchisi bo’lishadi. “Nomalar”ning o’ziga xosligi ham shundadir, ya’ni, hozirgi davr kitobxonlari mutolaa qila turib, o’rganib ulgurgan mashhur insonlarni ko’rsatadi. Bu esa kitobxon uchun qahramonlarga yanada yaqinlashish imkonini beradi. Aynan mazkur jarayon tarix zamondoshlarimizga o’xshagan kimsalar tomonidan yaratilganiga guvohlik beradi. Moziy qahramonlari “bronza”dan yasalgan insonlar bo’lish o’rniga endilikda insoniy chizgilarni o’zlarida aks ettira boshlaydilar.

“Nomalar” shu bilan bir qatorda hoqon saroy hayoti hamda o’sha davr oqsuyaklari haqida so’zlaydi. Asarning bu tomonini hisobga oladigan bo’lsak, “nomalar”ni butunlay o’rta asr Yaponiya hayoti haqida so’zlovchi ensiklopediya deb atash mushkil bo’lib qoladi. Negaki, Sey Shonagon hoqon qizining xizmatida va zodagon bo’la turib, garchi eng kambag‘al urug‘dan bo’lsa ham, hayotning maishiy tomoni bilan bog‘liq tavsilotlarni farqiga brogan bo’lsa-da, ularni tasvirlashga manfaatdor bo’lishi dargumondir. Ushbu ma’noda “nomalar” ko’proq aslzodalar, hoqon oilasiga yaqin bo’lganlar qanday yashab, ishlab, o’yin-kulgu qilganlari haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish