Tashkilot faoliyatining samarador-ligini optimallashtirish
Boshqaruvni optimallashtirish
Boshqaruv psixologiyas i fanini o'rganish ob'ektlari
Muassasalar tashkiliy faoli-yatining psixologik jihatlari, jabhalari
Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni ham o'rganadi.
Tizimning bunday qismlari o'rtasidagi munosabatlarni o'zaro muvofiqlashtirish, ular o'rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo'ladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug'diradi.
Demak, vertikal aloqalar o'zaro itoatdagi xodimlar o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo'lsa, gorizontal aloqalar o'zaro koordinatsiyani, ya'ni tizimning teng va mustaqil qismlari o'rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o'zining rasmiy va norasmiy ko'rinishiga ham ega.
Boshqaruv psixologiyasi fanining vazifalari
Boshqaruvchi shaxsini o’rganish;
Boshqaruv qobiliyatini o’rganish;
Boshqaruv usullarini o’rganish;
Boshqaruv kompetentligini o’rganish;
Boshqaruvchi va boshqariluvchi munosabatini o’rganish;
Boshqaruv metodlarini shakllantirish;
Tashkilotning samarali faoliyatini ta'minlash maqsadidagi ta'sir etish (ma'muriy, moddiy va ma'naviy ) imkoniyatlarini ishlab chiqish;
Boshqaruv nazariy asoslari, yetakchi funktsiyalari o'zaro aloqadorligi, o'zaro munosabatlarning ob'ektivligi va sub'ektivligi
Boshqaruvning amaliy va nazariy ko'nikmalarni egallash xususiyatlari, idora qilishning qonuniyatlari, jamoadagi psixologik moslik, jipslikni ta'minlovchi omillar va mexanizmlarni o'rganish
Bu fanning tarkibiy qismlari quyidagilardan tashkil topgan:
1) boshqaruv nazariyasi va amaliyoti iyerarxiyasi;
2) boshqarish ob'ektlari va sub'ektlari orasidagi munosabatlar xususiyatlari va ularni boshqarish uslublari tavsifi;
3) boshqaruv tamoyillari va usullarining ijtimoiy psixologik asoslari;
4) tashkiliy faoliyatlarning jihatlari va tuzilishi;
5) boshqaruv tizimida menejerning, ya'ni rahbarning o'rni, roli va funktsiyasi;
6) boshqaruv ob'ekti va sub'ekti tizimning tobe kishilar, xodimlari va ularni boshqarishning o'ziga xosligi;
7) tashkilot, muassasa boshqaruvi bo'yicha qaror qabul qilishning modellari va uni usullari tavsifi;
8) topshiriqlar ijrosini (bajarilishini) nazorat qilishning psixologik usullari; 9) boshqaruvni samarali tashkil etishning ijtimoiy psixologik asoslari;
10) boshqaruvning o'zini-o'zi tashkillashtirishning qaror toptirish mexanizmlari talqini.