Shimoliy-g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar qadimgi Midiya va Parfiya hududlarida yashagan xalqlarning tiliga borib taqaladi. Ular Eron yassi tog‘liklarining shimoliy va shimoliy-g‘arbiy hududlarida yashashgan. Bularga: a) kurd tili va kurd qabilalarining dialektlari (gurani, zaza va b.); b)beluj tili; v)talish tili; g) gilyon va mezondaron dialektlari; d) markaziy Eron dialektlari (qisman fors viloyati dialektlari); ye) ormuri; yo) parachi kiradi.