Hozirgi zamon eroniy tillarning tarixiy-dialektologik tasnifi
Hozirgi zamon eroniy tillarning tarixiy-dialektologik tasnifi ularning tarixiga asoslangan. Tasnifning eng muhim kriteriyasi bo‘lib qadimgi eroniy dialektlar orasidagi tasnifdir. Qadimgi davrda g‘arbiy eroniy dialektlarning sharqiy eroniy dialektlardan ajratish usuli hozirgi eroniy tillarning tasnifiga asos bo‘ladi. Hozirgi eroniy tillar ham ikki guruhga ajratiladi: 1. G‘arbiy eroniy tillar. 2. Sharqiy eroniy tillar. Qadimgi eroniy tillar davrida g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar guruhiga kirgan tillar hozirgi eroniy tillar davrida ham shu guruhga kiradi. Sharqiy eroniy tillar guruhiga kirgan tillar hozirgi paytda ham sharqiy eroniy tillar guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |