HOZIRGI ZAMON (TIRIK) ERONIY TILLAR
Hozirgi zamon eroniy tillarning joylashish o‘rni
Eroniy tillar va shevalar hozirgi kunda dunyoning juda katta maydonini egallagan: g‘arbda Tigr daryosidan tortib to sharqda Hind daryosi havzasi, Xitoy Turkistonigacha, shimolda Kavkaz tog‘laridan to janubda Fors ko‘rfazi va Arab dengizigacha bo‘lgan yerlarda eroniy tillardan yoki shevalaridan birida kishilar gapirishar edi. Bu degan so‘z biz yuqorida zikr etgan yerlarda hamma xalqlar shu tillarda gapirishar edi degan so‘z emas. Eroniy tillarda gapirishuvchi xalqlar bilan bir qatorda, semit, turk, iberiy-kavkaz, hind tillarida so‘zlashuvchi xalqlar ham ular bilan birga yashardi.
Xatto rasmiy davlat tili fors, dariy, tojik bo‘lgan Eron, Afg‘oniston va Tojikiston kabi davlatlarda ham aholining ko‘pchiligini eroniy bo‘lmagan boshqa tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda eroniy tillarda so‘zlashuvchi aholining aniq hisobini aytish qiyin. Chunki Old va Markaziy Osiyo davlatlarida demografik statistika bo‘yicha aniq, ishonarli ma’lumotlar yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |