Somoniylar davrida fors tojik tilida yaratilgan badiiy va ilmiy adabiyot
Arab xalifaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan feodal davlatlar. Tohiriylar (821-873); Saffariylar (873-903); Somoniylar (875-999) davrida fors adabiyoti arab alifbosi asosida yaratila boshlandi. Ayniqsa, Somoniylar davrida yozma adabiyot gullab-yashnadi.
Bu davrda fors-tojik tili Somoniylar davlatining rasmiy tiliga aylandi. Uning poytaxti Buxoro shahrida fors yozma adabiyotining yulduzlari Rudakiy (IX asr oxiri va X asr boshi), Abul Xasan Shahid Balxiy, Abu Mansur Muhammad Ibn Ahmad Daqiqiy va Abu Shukur Balxiylar yashab ijod qildilar. Dunyoning eng ulug‘ shoirlaridan biri Abul Qosim Firdavsiy (933/934 – 1020/1025) ham Somoniylar sulolasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |