Qadimgi eroniy til. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda Eron yassi tog‘liklarida yashagan fors qabilalarining tili bo‘lib, mixxatdan foydalanishgan. Er.avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar sulolasi shu xatda yozishgan.
Sak (skif) tili. Shimoliy qora dengiz bo‘yida yashovchi qabilalarning tili bo‘lib, er.avvalgi VIII-VII asrlardan to eramizning IV-V asrlariga taaluqlidir.2
Midiy tili. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarning yarmida Eron yassi tog‘ligining Kaspiy dengizining janubiy tomon ketgan hududida yashagan midiy qabilalarining tili bo‘lib, uning tili haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Faqat ayrim midiy so‘zlari yunon tarixchi-olimi Geredotning «Tarix» va boshqa asarlarida va qadimgi eron matnlarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |