Milliy mafkura
Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va
rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani
bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning
umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial
qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita
hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‗oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal
natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik,
sobitqadamlik va faollik bag‗ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi –
Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‗oyalariga tayangan holda
xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‗zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga
safarbar etishdir.
Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va
intilishlari o‗z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining
bosh maqsadini shunday belgilaydi: ―Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor maqsadlar sari
birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir
fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml masuliyat sezib yashashga chorlash,
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizning bebaho merosi, milliy
qadriyat va ananalarimizga munosib bo‗lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni
tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga davat qilish, shu muqaddas zamin uchun
fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu
bilan birga men milliy istiqlol g‗oyasi bugungi tez suratlar bilan o‗zgarayotgan tahlikali
dunyoda o‗zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia,
necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib
yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti
yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‗sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‗i
zarur, deb bilaman‖ Milliy g‗oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning
vosita va usullari, yo‗llari aniqlanadi.
Mafkura jamiyatimizda ilg‗or g‗oyalar ustuvorlik qiladigan sog‗lom ijtimoiy
muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar
xilma-xilligi va fikrlar rang-barangligi (pluralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar
ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar.