Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xitoyshunoslik fakulteti



Download 19,23 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi19,23 Kb.
#33367
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI

“Fuqarolik jamiyati” fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: “Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakillari rivojlanishi (Xorij tajribasi va O’zbekiston amaliyoti)”

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik

(Xitoy Xalq Respublikasi) ta’lim yo’nalishi

3-kurs xitoy-ingliz talabasi



Axmedova Dilsora Alijonovna

Kuchli fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartlaridan biri – xalq hokimiyatchiligi va davlat boshqaruvida hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish hisoblanadi.
Shu maqsadda, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, jamoatchilik nazorati funksiyalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Xususan, jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos jihatlari va amalga oshirish mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topdi. 

Kuni kecha qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Birinchi navbatda, Qonun bilan nimalar jamoatchilik nazoratiga olinishini qarab ko‘ramiz.

Jamoatchilik nazoratining obyekti hisoblangan davlat organlari, muassasalarining va ular mansabdor shaxslarining 5 ta yo‘nalishga doir faoliyatiga taalluqli quyidagi masalalar jamoatchilik nazoratiga olinadi:

-Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish;

- Yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash;

-Davlat organlari zimmasiga yuklatilgan, jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarish;

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

Ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish.

Keyingi masala jamoatchilik nazoratini kimlar amalga oshiradi? – albatta jamoatchilik nazorati subyektlari. Qonun bilan jamoatchilik nazorati subyektlariga fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari kiritildi.

Jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarda o‘tkaziladi:

Davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish

jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish.

Demak, Respublikamizning har bir fuqarosi jamoatchilik nazoratining subyekti sifatida jamoatchilik nazorati shakllaridan foydalangan holda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda bevosita ishtirok etishimiz mumkin ekan. Ammo bu huquqimizdan foydalanishda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini unutmasak bo‘lgani.

Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etilishi shart.  Yaqinda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi. Unda jamoatchilik nazorati sub’ektlari, ob’ekti, nazoratning asosiy prinsiplari va shakllari belgilangan. Ochig‘ini aytish kerak, bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yo‘q edi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona baholashga xalaqit berib kelayotgandi. Yangi Qonun davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan hamda amaliy mexanizmlarini joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, xorijiy davlatlarda jamoatchilik nazoratining qanday samarali mexanizmlari ommalashgan? Muxbirimiz shular xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Timur AHMEDOV bilan suhbatlashdi. — Shuni ta’kidlash kerakki, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sub’ektlari, ob’ekti hamda shakllari turli huquqiy-me’yoriy hujjatlarda aks etgan, — deydi T. Ahmedov. — Faqatgina ayrim mamlakatlarda mazkur yo‘nalishda alohida qonun qabul qilingan. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad islohotlar jarayonida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining shu yo‘nalishdagi rolini mustahkamlashdir. Jamoatchilik nazorati tamoyillarini qo‘llagan holda yuzaga kelayotgan yangi mexanizmlardan biri ijtimoiy audit sanaladi. Ijtimoiy auditning maqsadi mahalliy davlat dasturlari bajarilishini monitoring qilish orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan. E’tiborli jihati, ijtimoiy audit, asosan, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mutaxassislar va aholining keng qatlamini jalb etgan holda bajariladi. Bu borada tuzilgan guruhga ijtimoiy auditorlar maqomi beriladi.

Ijtimoiy auditning qaysi turlari ommalashgan?

— Bugungi kunda xorijiy davlatlarda ijtimoiy auditning ikki turidan keng foydalaniladi. Birinchisi, ijtimoiy audit bo‘lib, Osiyo — Tinch okeani davlatlarida, ya’ni Koreya Respublikasi, Yaponiya hamda Hindistonda keng qo‘llaniladi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu mamlakatlarda ijtimoiy audit o‘tkazish, avvalo, tegishli ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlanadi. Keyingi bosqichda mazkur ma’lumotlar tahlil qilinib, sharhlanadi. So‘ng xulosalar hamda tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tayyorlanadi. Hisobot loyihasi ijtimoiy auditorlar tomonidan mas’ul bo‘lgan tashkilotlar bilan birga muhokama etiladi va uning natijalari keng jamoatchilikka taqdim qilinadi. Shu asosda davlat organlari hamda manfaatdor tashkilotlar o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Hindistonda ijtimoiy audit mexanizmlaridan foydalanish natijasida hukumatning qashshoqlikka qarshi kurash dasturi samaradorligi 60 foizdan 97 foizgacha ko‘tarilgan. Bu ham mazkur mexanizmning amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Skandinaviya davlatlari, Germaniyada ijtimoiy auditning boshqa shakli keng qo‘llanilmoqda. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni, shu jumladan, ekologiya, iqtisodiy rivojlanish, kommunal xizmatlarda innovatsiyalarni joriy qilish va boshqa sohalarda jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish uchun maxsus platforma yaratishga alohida urg‘u beriladi.

Masalan, Germaniyada ijtimoiy auditni amalga oshirish uchun olimlar, siyosatshunoslar, huquqshunoslar, iqtisodchilar hamda sotsiologlardan iborat tadqiqot guruhi tuziladi. Ushbu jarayon ilmiy-tadqiqot markazlari va bundan manfaatdor bo‘lgan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. Asosiysi, ijtimoiy audit natijalarining ommaviy axborot vositalari, siyosatchilar, davlat arboblari hamda keng omma uchun ochiqligidir.

Ijtimoiy audit “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan normalarga nechog‘li uyg‘un?

— Qonun ijtimoiy audit tamoyillariga mos keladi. Masalan, mazkur hujjatda ham jamoatchilik muhokamasi, monitoringi, ekspertizasi va jamoatchilik fikrini o‘rganish singari nazorat shakllari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonunga asosan, shuningdek, davlat organlari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida hamda uning natijalari haqida axborot olishga, jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda ko‘rsatilgan takliflar va tavsiyalarga nisbatan asoslantirilgan e’tirozlarini jamoatchilik nazorati sub’ektlariga yuborishga, jamoatchilik nazoratini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli. Yakuniy hujjat axborot hamda tavsiya xususiyatiga ega bo‘lishi, unda bayon etilgan axborot, maslahat va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bularning barchasi qonunchiligimizda belgilangan shakl va tamoyillar ijtimoiy audit o‘tkazish uchun uyg‘unligini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ushbu Qonun fuqarolik jamiyati institutlari uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Boisi “uchinchi sektor” hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining islohotlar jarayoniga keng jalb etilishiga va davlat hamda jamiyat qurilishining samaradorligini ko‘tarishga imkon beradi. Bu esa demokratik taraqqiyotning asosiy tamoyillariga hamohang jarayondir.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 noyabrda qabul qilingan


Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 

Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 

Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.


Qonun hujjatlarida kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

3-modda. Jamoatchilik nazorati sub’ektlari 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir. 


Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz berdi.  Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi sub'yektlari etib belgilandi.

Senatda ma'qullangan, 21ta moddadan iborat qonunda yozilishicha, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamoatchilik nazoratining obekti hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda:

- davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

- davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish;

- jamoatchilik muhokamasi;

- jamoatchilik eshituvi;

- jamoatchilik monitoringi;

- jamoatchilik ekspertizasi;

- jamoatchilik fikrini o‘rganish;

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarning hisobotlari va axborotini eshitish.



Mazkur qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan qo‘shimcha pul mablag‘lari ajratilishini talab qilmaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, qabul qilingan Qonun jamoatchilik nazoratining mavjud shakllarini yanada takomillashtirish va yangi zamonaviy shakllarini milliy amaliyotga joriy etishga, ularni yanada rivojlantirishga, bu boradagi kamchiliklarni va ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda yuzaga keladigan huquqiy ehtiyojlarni aniqlashga, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining samaradorligini oshirishga, eng muhimi, bevosita fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Download 19,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish