Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.11.2019
Hajmi1,39 Mb.
#26199
  1   2   3   4   5
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari (5)


O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘LIY VA O‗RTA MAXSUS 

 TA‘LIM VAZIRLIGI  

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI  

 

«INFORMATIKA VA AXBOROT TEХNOLOGIYALAR» 

 fanidan  

ma‟ruza matn 

 

Bilim sohasi: 

100000  -  Gumanitar soha 

 

200000  -  Ijtimoiy soha, Iqtisod va huquq 



 Ta‘lim sohasi : 

120000  -  Gumanitar fanlar 

 

230000 -  Iqtisod  



  Kurs 1 

  Semestr 1 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent 2015 

 


1-Ma‟ruza. Kirish. Informatika va axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar 

Kirish 

Ma‘lumki,  insoniyat  axborotlashtirish  sohasida  haqiqiy  inqi-lobiy  o‗zgarishlar  davrini  bo-

shidan  kechirmoqda.  Buning  nati-jasida  esa  umumjahon  axborotlashgan  hamjamiyati  shakllan-

moqda.  Shu  sababli  ham  axborot-kommunikatsiya  sohasini  jadal  suratlar  bilan  rivojlantirish 

O‗zbekiston  iqtisodiyotida  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  o‗zgarishlar  hamda  iqtisodiy 

islohotlar-ning bosh yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Hozirgi  vaqtda  olib  borilayotgan  iqtisodiy,  tashkiliy  va  boshqa  o‗zgarishlarni  amalga 

oshirish  natijalari  mamlakatimizda  axborotlashtirish  sohasidagi  muammolarning  hal  etilishiga 

ham  bog‗liqdir.  Axborotlashtirish  sohasidagi  asosiy  yo‗nalishlar  O‗zbekiston  Respublikasining 

bir qator qonunlari, mamlakatimiz Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 

va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda ham o‗z aksini topgan.  

Xususan, 

O‗zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2002-yil 

30-maydagi 

―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 

etish  to‗g‗ri-sida‖gi  Farmoni  axborotlashtirishning  milliy  tizimini  shakllan-tirish,  iqtisodiyot  va 

jamiyat hayotining barcha sohalarida zamo-naviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi 

va  tele-kommunikatsiya  vositalarini  ommaviy  ravishda  joriy  etish  ham-da  ulardan  foydalanish, 

fuqarolarning  axborotga  ortib  borayot-gan  talab-ehtiyojlarini  yanada  to‗liqroq  qondirish,  jahon 

axborot  hamjamiyatiga  kirish  hamda  jahon  axborot  resurslaridan  bahra-mand  bo‗lishni 

kengaytirish  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yara-tishga  qaratilgan  bo‗lib,  Farmonda 

kompyuterlashtirish  va  axbo-rot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  hamda  ular-

ning  zamonaviy  tizimlarini  joriy  etish  birinchi  galdagi  eng  muhim  vazifalar  sifatida  e‘tirof 

etilgan. 

Shuningdek,  Farmonda,  ayniqsa,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va  oliy  o‗quv 

yurtlarining  ta‘lim  jarayoniga  zamonaviy  kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  egallashga 

hamda  ularni  faol  qo‗llanishiga  asoslangan  ilg‗or  ta‘lim  tizimlarini  kiritish,  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasida  malakali  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga 

alohida ahamiyat berilishi belgilab berilgan. 



 Informatika  -  kompyuter    yordamida  axborotni  qabul  qilish,  saqlash,  qayta  ishlash  va 

yetkazish jarayonlarini tashkil qilish haqidagi fandir.  

Informatikaning asosiy vazifalari:  

turli  xususiyatlarga ega bo‗lgan axborot jarayonlarini tadqiq etish; 

Xalq xo„jaligi tarmog„i 

Fundamental fan 

Amaliy fan sohalari 

Texnik vositalarni ishlab 

chiqish (hardware) 

Axborot ta‘minotini 

yaratish uslubiyati 

Axborot jarayonlaridagi 

qonuniyatlarni o‗rnatish 

Dasturiy vositalarni 

ishlab chiqish (software) 

Axborot tizimlari va 

texnologiyalari nazariyasi 

Kommunikatsiya axborot 

modellarini yaratish 


axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida  axborotni qayta ishlaydigan 

axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyalar yaratish; 

jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  kompyuter  texnikasi  va  texnologiyasidan  samarali 

foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarining yechimini topish.  

 

Informatikaning asosiy vazifalari va yo„nalishlari 

Informatika fanining  yo‗nalishlari: 

•   hisoblash tizimi va dasturiy ta‘minot yaratish; 

•  axborot nazariyasi – axborotni qabul qilish, uzatish, bir turdan boshqa turga o‗tqazish va 

saqlash  bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni o‗rganish; 

•  turli ilmiy tadqiqot sohalarining matematik modelini yaratish; 

•  sun‘iy intellekt uslub (model)lari ; 

•  bioinformatika; 

•  Lingvistik informatika; 

•  ijtimoiy informatika; 

•  grafika, animatsiya va multimediya vositalari yaratish uslubi; 

•  telekommunikatsiya  va  xalqaro  global  kompyuter  tarmoq  tizimini  yaratish  va  aholini 

yagona axborot tizimiga ulash. 

Axborot  deganda  taqdim  etilish  shaklidan  qat‘i  nazar,  biror-bir  shaxs  yoki  predmet  yoxud 

dalil, shuningdek, voqea va hodisa hamda jarayonlar haqidagi ma‘lumotlar tushuniladi.  

Agar  axborot  kompyuter  texnikasi  yordamida  uzatish,  ishlov  berish  va  saqlanish 

imkoniyatiga ega bo‗lsa, u kompyuter axboroti deyiladi.  



Axborotlashtirish  -  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  axborotga  bo‗lgan  ehtiyojlarini 

qondirish  uchun  axborot  resurslari,  axborot  texnologiyalari  hamda  axborot  tizimlaridan 

foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayon. 

Axborot  resursi  -  axborot  tizimi  tarkibida  mavjud  bo‗lgan  elektron  shakldagi  axborot, 

ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi. 



Axborot texnologiyasi - axborotni to‗plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni 

tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usul va jarayonlar. 

Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan chambarchas bog‗liq. Axborot tizimi aniq 

bir  ob‘ekt  uchun  yaratiladi.  Samarali  axborot  tizimlarini  boshqarish,  amaliy  sohalar  darajalari 

o‗rtasidagi  farqlarni,  shuningdek,  tashqi  holatlarni  e‘tiborga  oladi  va  boshqarish  funksiyasini 

samarali amalga oshirish uchun zarur axborotnigina beradi.  



Axborot tizimi - axborotni to‗plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish 

imkonini  beradigan  tashkiliy  jihatdan  tartibga  solingan  axborot  resurslari,  axborot 

texnologiyalari va aloqa vositalari. 

Axborot tizimi  ishini ta‘minlovchi jarayonlar funksional bloklardan iborat bo‗lib, ular 1.  -

rasmda ko‗rsatilgan. 

 

 



 

 

Axborot tizimlari va 



texnologiyalarini qayta 

ishlash (brainware) 

 

Axborotni qayta ishlash 



texnologiyalarini ishlab 

chiqarish 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.1-rasm. Axborot tizimining tuzilmasi va undagi jarayonlar 

 

Axborot  texnologiyalari  kompyuterda  saqlanuvchi  ma‘lumotlar  usti-dan  turuvchi  turli 



murakkablik  darajasidagi  amallarni  bajarishning  aniq  reglamentli  qoidalaridan  tashkil  topadi. 

Axborot  tizimi  funksiyalarini  unga  yo‗naltirilgan  axborot  texnologiyalarini  bilmasdan  turib, 

amalga oshirib bo‗lmaydi. 

Axborot tizimining ta‘minotlari. Axborot tizimlari qaysi sohada qo‗llanishidan qat‘i nazar, 

axborot  tizimining  ta‘minotlari  deb  yuritiladigan  komponentalarni  o‗z  ichiga  oladi.  Bular 

dasturiy, texnik, huquqiy, axborot,   tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlardir (1.2-rasm). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.2-rasm. Axborot tizimining ta‘minotlari tuzilmasi 

 

Dasturiy  ta‘minot  -  axborot  tizimi  ishini  amalga  oshirishda  zarur  bo‗lgan  kompyuter 



dasturlari to‗plami. Dasturiy ta‘minotning tuzilmasi haqida keyinchalik batafsil to‗xtalamiz. 

Texnik  ta‘minot  -  axborot  tizimining  o‗z  funksiyasini  amalga  oshirish  jarayonida 

ishlatiladigan  barcha  texnik  vositalar  majmuasi.  Bularga  kompyuterlar  va  ular  bilan  bog‗liq 

vositalar  (tashqi  qurilmalar,  axborot  tashish  vositalari,  ma‘lumotlarni  uzatish  qurilmalari), 

telekommunikatsiya vositalari (aloqa tizimlari, tarmoqlar, tarmoqdagi apparatlar va h.k.) kiradi. 

Matematik ta‘minot - tizimdan foydalanishda  amaliy masalalarni  yechishda qo‗llaniladigan 

matematik modellar, usullar va ma‘lumotlar bazasini boshqarish algoritmlari to‗plami.  

Axborotni 

kiritish 

Axborotni qayta 

ishlash 

Axborotni 

chiqarish 

Axborotni saqlash 

 

 

Qaror 

qabul 

qilish 

Qayta aloqa 

Axborot tizimining  

ta‟minotlari 

Texnik 

ta‟minot 

Matematik 

ta‟minot 

Axborot 

ta‟minoti 

Tashkiliy 

ta‟minot 

Dasturiy 

ta‟minot 

Huquqiy 

ta‟minot 

Lingvistik 

ta‟minot 


Axborot  ta‘minoti  -  hujjat  aylanmasi  va  hujjatlar  shaklini  rasional  holga  keltirishni  o‗z 

ichiga olgan axborotni joylashtirish hamda tashkil qilish bo‗yicha uslub va vositalar yig‗indisi.  

Huquqiy  ta‘minot  -  axborot  tizimini  yaratish  va  funksiyalashtirish-ni  tartibga  soluvchi 

huquqiy me‘yorlar yig‗indisi.  

Lingvistik  ta‘minot  -  inson  va  tizim  orasidagi  muloqotni  ishlab  chiqish  hamda  ta‘minlash 

uchun  axborotlarga  ishlov  berishda  va  foydalanishning  turli  bosqichlarida  ishlatiladigan  til 

vositalari yig‗indisi.  

Tashkiliy  ta‘minot  -  axborot  tizimidan  foydalanish  va  unga  samarali  axborot  xizmati 

ko‗rsatish bo‗yicha tashkiliy tadbirlar hamda boshqarish hujjatlari majmuasi. Hozirgi jamiyatda 

axborotni  qayta  ishlash  texnologiyalarining  asosiy  texnik  vositasi  bo‗lib  shaxsiy  kompyuterlar 

xizmat  qilayapti.  U  texnologik  jarayonlar  konsepsiyasini  qurish  va  undan  foydalanishga  ham, 

ko‗p  natijali  axborot  tizimiga  ham  muhim  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Shaxsiy  kompyuterlarning  axborot 

sohasiga  tatbiq  etilishi  va  aloqaning  telekommunikatsiya  vositalarida  qo‗llanishi  yangi  axborot 

texnologiyasi  paydo  bo‗lishiga  olib  keldi.  Bunday  texnologiyani  zamonaviy  axborot 



texnologiyasi deb yuritish odat tusiga kirmoqda.  

Umuman  olganda,  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  tarkibiga  kompyuter  texnikasi, 

dasturiy  va  telekommunikatsiya  vositalarini  qo‗llagan  holda  foydalanuvchining  faol  ishtirokida 

amalga oshiriladi-gan yuqori darajadagi do‗stona interfeysli axborot texnologiyalari kiradi. 

Demak, zamonaviy axborot texnologiyasi deganda, nafaqat kompyuter texnikasi va uning 

dasturiy  ta‘minotidan  foydalanish,  balki,  masofaga  axborot  uzatish  (telekommunikatsiya) 

vositalari  hamda  tizim  bilan  foydalanuvchi  orasidagi  bevosita  interaktiv  muloqot  qilish 

imkoniyati (do‗stona interfeys) ham mavjud bo‗lishi tushuniladi. 

Zamonaviy axborot texnologiyalari qayta ishlanadigan axborotning turiga qarab farqlanadi. 

Masalan, ma‘lumotlar ustida hisoblash amallarini bajarish, katta hajmdagi axborot massivlariga 

ishlov  berish  kabi  amallarni  bajarish  uchun  algoritmik  tizimlardan,  ma‘lumot  bazalarini 

boshqarish  tizimlaridan  yoki  jadval  protsessorlaridan  foydalaniladi.  Matnlarga  ishlov  berish 

(matnlarni kiritish, tahrir qilish, kerakli shaklga keltirish, chop etish va h.k.) matn yoki gipermatn 

protsessorlari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bilimlar  bazasiga  ishlov  berish  uchun  ekspert 

tizimlaridan  foydalaniladi.  Real  dunyo  ob‘ektlarini  aks  ettirish  uchun  multimedia  vositalari 

qo‗llaniladi va h.k. Lekin bunday bo‗linish shartli bo‗lib, ular integrallashgan holda qo‗llanilishi 

mumkin.  Masalan,  matn  protsessorlarida  grafik  axborotga  ishlov  berish  yoki  murakkab 

bo‗lmagan hisoblash amallarini bajarish imkoniyatlari ham mavjud. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.3-rasm. Zamonoviy axborot texnologiyalarining qayta ishlanayotgan axborot tipi 

bo‗yicha farqlanishi. 

 

Shunday  qilib,  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  axborotni  qayta  ishlash  jarayonlari 



haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi keng tushunchadir. 

Axborot texnologiyalarining qo‗llanish sohalari: 

   Kosmonavtikada uchish ob‘ektlarini boshqarish; 

  Mudofa texnik vositalarini boshqarish; 

  Yirik ishlab chiqarish ob‘ektlarini boshqarish; 

  Iqtisodiyotni boshqarish (bank,moliya, el. tijorat v.b.); 

  Davlat boshqaruvida (vazirliklar, xokimlik,ish yur.); 

  Ta‘lim jarayonida (dt, el.darslik, prez, el.lug‗at); 

  Ob‘ektlarni loyihalash (grafika, dizayn, model); 

  Matbuot, OAV (Radio, televidenie); 

  Axborot almashinish (Internet, el.pochta) v.b.   

 

Faollashtiruvchi savollar: 



1.  Informatika fanining asosiy vazifalari nimalar? 

2.  Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz? 

3.  Axborot tizimi kengroq tushunchami yoki axborot texnologiyalari? 

4.  Axborot tizimida qanday jarayonlar kechadi? 

5.  Axborot tizimining ta‘minotlari deganda nimani tushunasiz va ular nimalardan tashkil 

topgan? 


6.  Zamonaviy axborot texnologiyalari nima? 

7.  Ishlov beriladigan axborot turiga nisbatan qo‗llanadigan axborot texnologiyalarini 

tasniflab bering. 

 

Tayanch iboralar: 

Axborot,  axborot  texnologiyalari,  informatika,  axborot  tizimi,  axborotni  saqlash,  izlash  ishlov 

berish,  uzatish,  axborot  tizimining  ta‘minotlari,    dasturiy  ta‘minot,  texnik  ta‘minot,  tashkiliy 

ta‘minot, lingvistik ta‘minot, huquqiy ta‘minot, zamonaviy axborot texnologiyalari. 

 

2-Ma‟ruza. Axborot texnologiyalarining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. 



O„zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi  davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari 

Kompyuter texnikasining paydo bo„lishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar 

Axborot  texnologiyalarining  ‗aydo  bo‘lish  tarixi  qadimgi  zamon-larga  borib  taqaladi, 

uning  birinchi  bosqichida  hisoblash  amallarini  bajarish  uchun  oddiy  tayoqchalar  va  toshlardan 

foydalanilgan. 

1617  yili  Djon  Ne‘er  ixtiro  etgan  logarifmik  ‗rintsi‘da  ishlovchi  tayoqcha  hisoblash 

amallarini bajarishni yengillashtirishda muhim qadamlardan sanaladi. 

Keyinchalik  Genri  Briggs  birinchi  marotaba  o‘nlik  logarifmlar  jadvalini  tuzdi.  Bu  jadval 

yordamida  hisoblash  amallarini  bajarish  birmuncha  osonlashdi.  1851  -1854  yillar  orasida 

frantsuz Amedey Mannxeym  logarifmik lineykani  ixtiro etdi. Undan XX asrning o‘rtalarigacha, 

ya‘ni  elektr  toki  yordamida  ishlovchi  arifmometrlar  ‗aydo  bo‘lguniga  qadar  analitik  hisoblarni 

bajarishda foydalanib kelindi.    

 Sonlarning yig‘indisini hisoblash imkoniyatiga ega bo‘lgan birinchi mexanik mashina 1642 

yili  frantsuz  fizik  olimi  Blez  ‗askalg‘  tomonidan  yaratildi.  1673  yili  nemis  olimi  Gotfrid 


Vilg‘gelg‘m  Leybnits  esa  mexanik  hisoblagichni  ixtiro  qildi.  Bu  mashina  avvalgilariga 

qaraganda  ancha  mukammal  bo‘lib,  ikkilik  sanoq  sistema-sida  qo‘shish,  ayirish,  ko‘‘aytirish, 

bo‘lish va kvadrat ildiz chiqarish amallarini bajara olar edi.    

1822  yilda  ingliz  matematigi  CHarlg‘z  Bebbidjning  dastur  yordamida  boshqariladigan 

analitik mashina loyihasi hisoblash mashinalarining yaratilishida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Ammo o‘sha davrlarda texnik imkoniyatlar chegaralanganligi tufayli CH.Bebbidj o‘z loyihasini 

to‘liq amalga oshira olmadi. Keyinchalik mazkur loyiha hisoblash mashinalarining yaratilishida 

asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qildi. 

XIX  asrning  80-yillari  oxirida  AQSHlik  German  Xollerit  ‗erfokartaga  tushirilgan 

ma‘lumotlarga  avtomatik  ishlov  beruvchi  statistik  tabulyator  yaratdi.  Bunday  tabulyatorlarning 

yaratilishi raqamli analitik hisoblash mashinalarining yangi sinfini ishlab chiqarishda ilk qadam 

bo‘ldi.  

CH.  Bebbidj  va  G.  Xolleritlarning  ixtirolaridagi  g‘oyalarga  asoslangan  holda  Garvard 

universitetining ‗rofessori Govard Eyken 1937-1943 yillar davomida elektromagnit rele asosida 

ishlovchi ―MARK-1‖ hisoblash mashinasini ixtiro etdi.  

Taxminan  shu  vaqtning  o‘zida  AQSHda  taniqli  matematik  Djon  fon  Neyman  ishtirokida 

‗ensilg‘van  universitetining  xodimlari  Djon  Mochli  va  ‗ros‘er  Ekkertlar  tomonidan  hisoblash 

mashinasining elektron lam‘alar yordamida amalga oshirilishi mumkinligining nazariy va texnik 

asoslari  yaratildi.  Bunday  hamkorlik  natijasida  1946  yili  dunyoda  birinchi  elektron  hisoblash 

mashinasi  ENIAC  yaratildi.  Bu  hisoblash  mashinasi  18  ming  elektron  lam‘adan  tashkil  to‘gan 

bo‘lib,  150  kvt  elektr  energiyasini  sarf  etardi.  Ish  jarayonida  Djon  fon  Neyman  1945  yili 

hisoblash  texnikasining  rivojlanishida  muhim  ilmiy  hujjatlardan  biri  bo‘lgan  maqolasini  cho‘ 

etdi, unda yangi avlod universal hisoblash mashinalari qurilmalarining funktsional vazifalari va 

ishlash  ‗rintsi‘lari  asoslab  berilgan  edi.  Bu  ixtiro  birinchi  avlod  hisoblash  mashinalari,  ya‘ni 

kom‘g‘yuterlarning yaratilishidagi dastlabki qadam bo‘ldi.  

Tranzistorlarning vujudga kelishi va ularning hisoblash texnikasida qo‘llanilishi ikkinchi 

avlod  hisoblash  mashinalari  uchun  asosiy  mezon  bo‘ldi.  Elektron  lam‘alar  o‘rnini  tranzistorlar 

egallashi  natijasida  kom‘g‘yuterlarning  tezligi  va  ishonchlilik  darajasi  oshdi,  shuningdek, 

qurilmalarning hajmi ixchamlashib,   imkoniyatlari kengaydi.  

1958  yili  AQSHlik  Djek  Kilbi  tomonidan  bitta  yarim  o‘tkazgichli  ‗lastinada  bir  nechta 

tranzistorni  hosil  qilish  imkoniyati  yaratildi.  1959  yili  Robert  Noys  (INTEL  firmasining 

asoschisi) esa shunday ‗lastinadagi tranzistorlarni ma‘lum sxema bo‘yicha ulash usullarini ixtiro 

qildi. Bunday ko‘rinishdagi elektron sxemalar integral sxemalar yoki chi‟lar deb yuritildi. 1968 

yili Burroughs firmasi integral sxemalar asosida birinchi kom‘g‘yuterni yaratdi. SHunday qilib, 

uchinchi avlod  kom‘g‘yuterlari  ‗aydo  bo‘lishida element  baza asosini  integral  sxemalar tashkil 

etdi. 


70-yillarning  o‘rtalarida  to‘rtinchi  avlod  kom‘g‘yuterlari  yaratilib,  ularning  element  bazasi 

katta va o‘ta katta integral sxemalardan tashkil to‘di.  

70-yillarga kelib mikroelektronikaning rivojlanishi shaxsiy kom‘g‘yuterlar yaratishga imkon 

berdi.  INTEL  firmasi  1970  yil  oxiriga  kelib  birinchi  Intel-4004  mikro‘rotsessorini  yaratdi. 

Avvaliga bu mikro‘rotsessorlar turli xil maxsus qurilmalarda elektron sxemalar o‘rnida ishlatib 

kelindi.  1973  yili  INTEL  firmasi  8  bitli  Intel-8008  mikro‘rotsessorni  yaratdi,  1975  yili  shu 

mikro‘rotsessor asosida birinchi shaxsiy kom‘g‘yuter Alg‘tair - 8800 yuzaga keldi.  

1981  yilning  avgust  oyida  IBM  firmasi  birinchi  IBM  RS  ti‘idagi  shaxsiy  kom‘g‘yuterni 

yaratib,  keng  ommaga  taqdim  etdi.  Bir-ikki  yildan  so‘ng  IBM  RS  kom‘g‘yuterlari  jahon 

bozorida  oldingi  o‘rinlarga  chiqib  oldi.  Hozirgi  vaqtda  IBM  RS  kom‘g‘yuterlari  shaxsiy 

kom‘g‘yuterlarning standarti bo‘lib qoldi. 


1984  yili  Microsoft  firmasi  Windows  o‘eratsion  tizimining  birinchi  namunasini  yaratdi. 

Windows  o‘eratsion  tizimining  yaratilishini  amerikaliklar  XX  asrning  eng  buyuk  kashfiyoti 

sifatida e‘tirof etdilar.  

Axborot  kommunikatsiyasi  tarmoqlarining  rivoj  to‘ishi    o‘zining  tarixiga  ega  bo‘lib,  uni 

quyidagicha talqin etish mumkin. 

AQSH  Mudofaa  vazirligi  tomonidan  ilmiy  tadqiqot  markazlarini  muhim  loyihalar  ustida 

ishlash maqsadida birlashtirish masalasi o‘rtaga qo‘yildi va ‗entagon tarkibidagi AQSH Istiqbolli 

tadqiqotlar  agentligi  (Defense  Advanced  Research  ‗roject  Agency,  DAR‘A)  tashkil  etildi. 

Yaratilishi  lozim  bo‘lgan  kom‘g‘yuter  tarmog‘i  AR‘ANET  nomini  oldi,  bu  tarmoq  1969  yil  2 

yanvardan boshlab, faoliyat ko‘rsata boshladi.  

1969  yil  sentyabrida  Kaliforniya  universiteti  olimi  Leonard  Kleynrok  boshchiligidagi 

guruh  Stenford  ilmiy  tadqiqot  instituti  kom‘g‘yuterlari  o‘rtasida  telefon  liniyasi  orqali  axborot 

almashdi. 1969 yil oxiriga kelib, 4 ta universitet kom‘g‘yuterlari o‘rtasida aloqa o‘rnatildi.  

1973  yilda  AR‘ANET  tarmog‘iga  xalqaro,  jumladan,  Angliya  (University  College  of 

London)  va  Norvegiya  (Rogee  Radar  Establishment)      kom‘g‘yuterlari  ulanishlari  amalga 

oshirildi. 

1976  yilda  mashhur  XEROX  kom‘aniyasining  ilmiy  xodimi  Robert  Metkalf  birinchi 

lokal kom‘g‘yuter tarmog‘i texnologiyasi – Ethernetni yaratdi. 

1983 yilga kelib, Milliy tarmoq ishchi guruhi (InterNetworking Working Grou‘, INWG) 

olimlari  tomonidan  TC‘/I‘  (Transmishion  Control  ‗rotocol/Internet  ‗rotocol)  qaydnomasi 

AR‘ANETda  yagona  qaydnoma  sifatida  ishlatila  boshladi.  Natijada  qaydnomalar  o‘rtasidagi 

nomuvofiqliklarga barham berildi va ushbu qaydnoma standart qaydnoma deb e‘lon qilindi. SHu 

yilning  o‘zida  AR‘ANET  tarkibidan  MILNET  (Military  Network)  tarmog‘i  ajralib  chiqdi. 

MILNETning  asosiy  vazifasi  harbiy  axborotlarni  uzatish  va  qabul  qilish  edi.  AR‘ANET  va 

MILNET  tarmoqlarini  yagona  tarmoq  sifatida  atash  uchun  INTERNET  termini  ishlatila 

boshlandi. 

1991  yilda  Yevro‘a  fizika  laboratoriyasi  (CERN)  muhandisi  Tim  Bernes-Li  hozirda 

hammaga ma‘lum bo‘lgan gi‘ermatnli sahifalar tizimi WWW (World Wide Web)ni yaratdi.  



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish