7.1. “Ochiq eshiklar” siyosatining mohiyati.
1979 yilda Xitoyning “Ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirish uchun asos bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur siyosatning mohiyati shundan iboratki, Xitoy hukumati 1970 yillar oxirida mamlakat xududining janubiy-sharqiy qismini dunyo mamlakatlari, xususan, industrial (sanoati) rivojlangan davlatlar sarmoyalarini iqtisodiyotga jalb qilish uchun ochib berdi. Ular esa, o‘z navbatida Xitoyga, nafaqat an’anaviy, ya’ni bevosita tashqi savdo bilan shug‘ullanishni, balki, mamlakatga o‘z portfel va bevosita sarmoyalarini va kreditlarini, texnika va texnologiyalarini, ishlab chiqarish birlashmalari filiallarini, ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturlarini olib kirishdan iborat bo‘ldi. Bunda mamlakat boshchisi Den Syaopining buyuk sitatasi, ya’ni: - ”kul rangmi yoki oq mushukmi, bizga farqi yo‘q, u sichqonni tutsa bas”, - degan so‘zlari yodimizga keladi.13
Xitoyda mazkur “ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirish bilan bir vaqtning o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishning xuquqiy bazasi shakllandi. Ular mamlakatning janubiy-sharqiy qismida erkin iqtisodiy xududlarni tashkil etish bilan birga, ko‘pgina vazifalarni bajara oladigan va xorijiy kontragentlar uchun imtiyozli investision tartibdagi “ochiq” iqtisodiy rayonlar va turli “ochiq shaharlar”, “ochiq chegara oldi xududlar”ni o‘z ichiga qamrab oldi.
Xitoyni barqaror iqtisodiy o‘sishining asosi - bu milliy ishlab chiqarish bo‘lib, undagi mehnat unumdorligining jadal sur’atlarda oshirish imkoniyatlari, mamlakatning ishlab chiqarish sohasida va ayniqsa, uning sanoat sohasidagi mavjud muayyan salohiyatida ko‘rinadi. Shu sababli, har bir mamlakat o‘zining sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish sohasidagi amalga oshirayotgan iqtisodiy siyosatini o‘z ichki imkoniyatlariga va qarab belgilaydi.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda hech bir davlat o‘zining rivojlangan ilmiy-texnikaviy bazasiga ega bo‘lmasdan turib, jahon hamjamiyatida oldingi pozisiyalarni egallash imkoniyatidan mahrumdir. Aynan ilm-fan va texnikaning dinamik rivojlanish muammolari globalizatsiya sharoitidagi o‘sib borayotgan Xitoy iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, shuni ta’kidlash joizki, Xitoy va unga o‘xshash rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan zaruriy hamda ilg‘or ilmiy-texnikaviy baza va infraqurilmalarga to‘liq tarzda ega emasdirlar, chunki bu sohani rivojlantirish uchun mamlakat ancha katta mablag‘ va nisbatan yangiroq asosiy fondlarga ega bo‘lish lozimdir.
Hozirgi kunda Xitoy davlati o‘zining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror dinamikaga ega bo‘lib, ba’zi bir qator sohalarda esa, dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqdadir. Har bir davlat uchun uning iqtisodiyotining asosi bo‘lgan ishlab chiqarish sohasining texnik salohiyati jihatdan mustahkamligi – uning ertangi kuni rivoji uchun juda jiddiy moddiy-texnik baza bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Xitoy kabi yirik iqtisodiyotli davlatlar uchun ushbu sohani, ayniqsa, mamlakat og‘ir sanoatini rivojlantirish masalasi muhim strategik masalalardan hisoblanib, bugungi kun nuqtai nazaridan juda ham dolzarb muammolar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |