1.4. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim qilingan xatolar.
1957-1966 yy. yirik sotsialistik qurilishlar davri bo‘ldi. Lekin, bu davrda bir qator kamchilik va xatolar ham bo‘ldi. 1956y. XKP VIII-s’ezdida mamlakatdagi industrialashtirish jarayonining birinchi bosqichini tugallash uchun 15 yil muddat belgilandi. Biroq, bu reja “Katta sakrash”ning avantyuristik dasturi orqali surib chiqarildi. Mazkur «Katta sakrash» dasturi bo‘yicha Xitoy, yetti yilda Angliyaga va yana 8 yildan so‘ng esa, Amerikaga, hamda 5 yilda Angliyaga yetib olish ko‘zda tutilgan edi.
1950-yillarning II- yarmidan va 1970 yillarning II-yarmigacha olib borilgan “Katta sakrash” va “Madaniy inqilob” siyosati aholi o‘rtasida ocharchilik, qashshoqlik, qoloqlik va savodsizlikni hamda mamlakatda iqtisodiy tanglik kabi muammolarni yuzaga keltirdi. Mazkur muammolarni hal qilinishi va uning natijasida kelib chiqqan asoratlarni bartaraf etish Xitoy xalqi uchun juda ham qimmatga tushdi. Mamlakat xalq xo‘jaliginig keyingi rivojlanishini - amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy islohotlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Xitoy Xalq Respublikasi o‘z oldiga mamlakatni industriallashtirishni rejalashtirdi va ushbu yonalishda yangi dastur qabul qilindi. Mamlakatni industriallashtirishning qabul qilingan yangi Xitoy spesifikali kursi bir vaqtning o‘zida ham sanoatni, ham qishloq xo‘jaligini, kichik va yirik korxonalarni hamda ishlab chiqarishning an’anaviy va zamonaviy turlarini rivojlantirishni ko‘zda tutgan edi. Bu dasturga binoan, 1958-1962 yillar ichida sanoat ishlab chiqarish 6,5 marta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish esa, 2,5 marotabaga oshirish, po‘lat quyishni 100 mln. tonnagacha yetkazish (1950 yillarning 2- yarmida Xitoyda salkam 2 mln. tonna po‘lat quyilar edi), alyuminiy ishlab chiqarishni - 33 marotabaga, elektroenergiyani ishlab chiqarishni esa, 20 barobariga oshirish lozim edi. Mamlakatda qabul qilingan «O‘z kuchiga tayanish» shiori ostida barcha joylarda kichik korxonalarni tashkil etish va ishlab chiqarish darajasini ahamiyatli tarzda yuqoriga ko‘tarish ko‘zda tutilgan edi. Hattoki, jamoa korxonalari ham direktiv (yuqoridan buyruq berish asosida) rejalashtirish tartibida ishlar edi. Uning natijasida mamlakat iqtisodiyoti muvozanatining buzilishi, ishlab chiqarish imtizomi va texnik normativlarning buzilishlari yuz berdi. Sanoatning boshqa sohalari orasida qora metallurgiya sohasi ustunroq turar edi. «Katta sakrashning» o‘z-o‘zini ta’minlash va mahalliy tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatmalari islohatlardagi boshlang‘ich g‘oyani buzilishiga olib keldi. Sanoatni boshqarish tizimining hamma bosqichlarida xo‘jalik yuritish tashkilotlarida ish olib borish quyidan yuqoriga qarab yo‘naltirildi. 1958 yilda 9000 ta korxonadan faqatgina 1000 ta korxona markazga bo’ysunuvchi bo‘lib qoldi. Asosiy mahsulotlarni markazlashgan holda taqsimlash sohasi 100 tagacha qisqardi.
«Katta sakrashning» salbiy oqibatlari 1960 yildayoq ko‘rina boshladi. Mayda ishlab chiqarishning keng tarqatilishi zamonaviy sanoat ishlab chiqarishni buzilishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, olib borilgan ishlar mavjud xom ashyoning ulkan miqdorda chiqitga chiqishiga, energiya va mehnat resurslarini keragidan ortiqroq foydalanilishiga olib keldi. Korxonalardagi mavjud texnik nazorat bo‘limini bekor qilinishi, kerakli materiallarni yetishmasligi, turli xil past sifatli xom ashyolardan foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati tezlik bilan pasayishiga olib keldi. Agar, ikkinchi besh yilikning birinchi uch yilida ishlab chiqarish 2.5 marotabaga oshgan bo‘lsa, keyingi ikki yilda, ya’ni 1961-1962 yillarda, u aksincha, 2 marotabaga qisqardi. Xalq xo‘jaligidagi to’liq xo‘jalik yuritishdagi anarxiyaning real havfi tug‘ilib, uning natijasida «Katta sakrash» kursi bekor qilindi.
1966 yilda yana bir marotaba iqtisodiy rivojlanishda xatoga yo‘l qo‘yildi, ya’ni "Madaniy inqilob» dasturini amalga oshirilishi natijasida, mamlakat yana bir marotaba ulkan talofotga yuz tutdi. Shu yili boshlangan «Madaniy inqilob» partiya va davlat organlarini bir necha yillik faoliyatini barbod qilib, ziyoli va texnik mutaxassislarga nisbatan repressiyalarni kuchaytirish bilan kechdi. Bu esa, xo’jalik hayotida tartibsizliklarga olib keldi va sanoatni rivojlantirish ishiga juda ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bularni mustahkamlash uchun esa, joylarda markaziy hukumat mintaqalarga o‘z xuquqlarini bir oz kengaytirishga ruxsat berdi va shu yilda ular qo‘l ostiga deyarli hamma kichik korxonalar o‘tkazildi. 1967-1968 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan so‘nggi yillarga qaraganda sanoat ishlab chiqarilishi 2 marotabaga pasaydi. Bundan ko‘proq metallurgiya, ko‘mir va tekstil sanoatlari talofat ko‘rdi. Xullas, bu “Madaniy inqilob” oqibatida ham mamlakat iqtisodiy jihatdan (600 mlrd yuan miqdorida ziyon kurdi) katta talofotlarga yuz tutdi. 1976 yilda XKPsi MQ keng omma yordamida kontrrevolyutsion guruhlarga qarshi kurashdi va shu bilan yangi tarixiy davrga qadam qo‘yildi.
1978 yil aprel oyi plenumidan keyin, Den Cyaopin boshchiligida olib borilgan iqtisodiy islohotlar va “Ochiq eshiklar” siyosati iqtisodiyot rivojlanishida tub burilishlar yasadi. O‘tgan yillar davomida yo‘l qo’yilgan xato va kamchiliklardan saboq oliinib, bilim va tajribalarga asoslangan holda hamda iqtisodiy islohatlar olib borilishi natijasida, Xitoy so‘nggi 10 yilliklarda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishdi. Xitoy o‘zining rivojlanish yo‘lini tanlashda g‘arb mamlakatlari, Sobiq Ittifoq, Yaponiya, Tayvan va Janubiy Koreya davlatlarining rivojlanish modellariga asoslandi. Mamlakat aholisining kopligi, uning madaniy, ilmiy-texnikaviy darajasining pastligi, ekin maydoni, chuchuk suv va energiya resurslarining taqchilligi hamda tabiiy muhitning buzilishi kabi muammolar iqtisodiy rivojlanishda bir qancha iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi.
Syangan (Gonkong) va Aomen (Makao) larning “alohida ma’muriy rayon” sifatida Xitoy hududiga qaytarilishi mamlakat davlat tuzimini o‘zgartirdi, ya’ni totalitar davlatdan demokratik davlat qurish sari qadam qo‘yildi.
2000 yilda birinchi marotaba Xitoyning yuqori organlari yig‘ilishida mamlakatni federativ davlatga aylantirish masalasi muhokama qilindi va Butun Xitoy Xalq Vakillari Kengashi doirasida bu jarayon hozirgi kungacha davom ettirilmoqda.
1978 yilning oxirida XKP MK 3 Plenum 11-chaqirigidan so‘ng, Xitoy ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshira borib, sekin-asta “Xitoy spesifikali” sotsialistik modernizatsiya (yangilanish) yo’li tanlab olindi va bu borada qator ishlar amalga oshirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |