Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishining materilallari, ishning nazariy xulosalari xitoy va o’zbek
musiqa asboblarining turlari, tadrijasi bo’yicha aniq ma’lumotlarga ega
bo’lishlari uchun hissa qo’shadi. Bitiruv malakaviy ishining natijalari xitoy
tilidagi cholg’u asboblarning leksik-struktur tahlili masalasiga oydinlik kiritadi.
O’zbek va xitoy cholg’u asboblari o’rtasidagi farqlar tahlil qilindi. Tadqiqot
materiallaridan xitoy tiliga oid bo’lgan turli xil darsliklar, o’quv qo’llanmalar,
“Xitoy va o’zbek cholg’u asboblari” nomli brashura shaklidagi kitobcha tuzish
mumkin. Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan litseylar va maktab o’quvchilari uchun
xitoy cholg’u asboblari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari, cholg’u
asboblarining nomlari, kelib chiqishi tarixi, tuzilishi va ko’rinishi haqida umumiy
tasavvurga ega bo’lishlari, musiqa olami haqida dunyoqarashlarini boyitishlari
uchun asqotishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |