Boshqa lug'atlar
汉 字 正 字 小 字 汇 "Han zi zheng zi xiao zi hui" lug'ati hajm
jihatidan uncha katta bo'lmagan orfografik lug'atdir. Lug'at 1966 yilda nashr
etilgan bo'lib, 4000 ga yaqin iyerogliflarni o'z ichiga oladi. Iyerogliflarni tog'ri
yozilish qoidalaridan tashqari yana iyerogliflarning xitoy alfavitidan foydalangan
holda to'g'ri talaffuzi ham keltirib o'tiladi. Shuning uchun ham bu lug'at xitoy
tilida orfoepiyasi bo'yicha qo'llanma sifatida ham foydalanilishi mumkin. Lug'atda
iyeroglifning qisqa ko'rinishidan tashqari qavs ichida shu iyerogliming to'liq yoki
qadimiy ko'rinishi ham yozib ko'rsatiladi. Ushbu lug'atning yana bir xususiyati
shundaki, unda ma'lum iyeroglifni to'g'ri yozilishi ketma-ketligi, shuningdek,
iyeroglifni tashkil etuvchi chiziqlarning umumiy soni ham keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |