Iyerogliflar lug'ati ( 字 典 ) o'zida iyerogliflarni tashkil etuvchi
belgilarning birikishini mujassamlashtiradi. Bu turdagi lug'atlar uzoq vaqt
davomida kalit sistemasiga asoslangan. XX asrda o'zida ham grafik, ham fonetik
sistemani aks ettirgan lug'atlar paydo bo'ldi. Bu lug'atlarning asosiy maqsadi
alohida iyerogliflarning ma'nosini izohlashdan iboratdir. Ba'zida bu turdagi
lug'atlarda alohida so'zlar izohi ham berib o'tiladi. Bunga misol qilib 新华字典
Xinhua zidianni keltirib o'tishimiz mumkin. Iyerogliflar lug'ati (ham qadimiy,
ham zamonaviy) o'z zamonasiga xos va mos ravishda iyeroglif belgilarining
yozilishi va talaffuzi ko'rsatiladi. O'z navbatida lug'atlarda orfografiya va orfoepiya
bo'yicha ma'lumot berilib o'tilishini ham ta'kidlab o'tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |