O’zbek tilidan rus tiliga tarjima etish ishlari qadim zamonlardan beri davom etib kelgan. Bu
tarjimaning birinchi yozma yodgorliklari diplomatik hujjatlar, turli shartnomalar va hokazolardan iborat edi.
Tarjimashunoslik
42
O’zbekistan Rossiya sostaviga qo‘shib olingandan keyin tarjimaning bu turi yanada kuchaydi. Endi tarixiy
asarlar, etnografik materiallar, folklor asarlari, ocherk, memuarlar va turli hikoyalar ham o’zbek tilidan rus
tiliga tarjima qilina boshladi.
O’zbek tilidan ruschaga tarjima qilingan dastlabki asarlardan biri «Bobirnoma» edi. 1857 yilda
sharqshunos olim N. I. Ilinskiy «Bobirnoma»ning tekstini Qozonda bostirib chiqardi. 1871 yilda N. N.
Pantusov, S. I. Polyakovlar mazkur asarning ayrim boblarini rus tiliga ag‘dardilar. (M. Sale revolyusiyadan
keyin «Bobirnoma» ning to‘la tekstini tarjima qilib, birinchi kitobni 1948 yilda chiqardi, 1958 yilda esa
asarning to‘la-to‘kis tarjima nashrini ta’minladi).
Ruschaga tarjima etilgan katta asarlardan yana biri «Shayboniynoma»dir. Sharqshunos olim I. Berezin
«Shayboniynoma»ning asl tekstini tarjimasi bilan birga bostirib chiqardi.
O’zbek tili, tarixi va urf-odatlarini yaxshi bilgan rus sharqshunos olimi N. S. Likoshinning birinchi
tarjimasi Temurning tarjimai holiga oid kitob bo‘lib, uni «Avtobiografiya Temurnoma» nomida 1894 yilda
Toshkentda bostirib chiqardi.
N. S. Likoshin «Tarixi Narshaxiy» asarini fors tilidan tarjima etdi va bu asar 1897 yilda V. V.
Bartoldning tahririda Toshkentda nashr qilindi.
«Devona- i- Mashrab»ning dastlabki ruscha tarjimasi ham N. S. Likoshin qalamiga mansub bo‘lib, u
1910 yilda Samarqandda nashr qilingan edi.
N. S. Likoshin rus tilidan o‘zbekchaga ham bir qancha asarlarni tarjima qilgan edi. Masalan, S. M.
Solovevning «Rus tarixi» nomli darsligini va qishloq xo‘jaligiga oid bir qancha risolalar: asalarichilik,
o‘g‘itdan foydalanish haqidagi kitoblarni rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. U mahalliy xalq orasida
mashhur bo‘lgan afsonalardan foydalanib, «Мурадбек и Фатима» («Хивин" ское придание») degan
hikoyani yozib, 1896 yilda Toshkentda nashr qildirdi.
XVII asrga doir tarixiy asarlardan biri — Abulgoziyning «Shajarai tarokima» asarini sharqshunos
olim A. G. Tumanskiy rus tiliga tarjima qilib, 1897 yilda Ashxobodda chiqardi. Boshqa bir tarixiy asar —
«Samariya»ni Ulugbek observatoriyasini birinchi bo‘lib topgan sharqshunos olim V. L. Vyatkin rus tiliga
tarjima qilib, 1904 yilda Peterburgda nashr ettirdi.
Musulmon odati va huquqiga oid «Hidoya» nomli asarni sobiq Samarqand gubernatori Grodekov rus
tiliga ag’darib, 1893 yilda nashr ettirdi. Arab tilini mukammal bilgan Sattorxon Grodekovga o‘zining
qimmatli maslahatlari bilan juda katta yordam bergan edi.
Rus olimlari o‘zbek adabiyoti namunalarini qidirib topib, nashr va tarjima etib, bular to‘g‘risida
maqola va katta asarlar yozganlar. Ayni zamonda ruschadan ko‘pgina risola, badiiy asarlarni ham o’zbek
tiliga tarjima qilganlar. Masalan, akademik A. N. Samoylovich Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo, Sidqiy, Furqat,
Bahodir, mulla G‘oyib Bahriy, Do‘st Ali, Xoksor, mulla Mirzo kabi 38 ta shoirning asarini to‘plash bilan
birga, ularning ba’zilarini tarjima qilishga ham kirishdi va ko‘plari haqida ilmiy asarlar yozdi.
Akademik V. V. Bartold turkiy tillarni, jumladan o’zbek tilini bilishidan tashqari, fors, arab tillarini
ham egallagan edi. U ko‘pgina tarjima asarlarining mas’ul muharriri bo‘lgan. Akademik V. V. Bartold O’rta
Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti to‘g‘risida yozgan asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir.
M. V. Kosoviskiy o‘zbek xalq qo‘shiqlarini tarjima qilib, notasi bilan etnografiya jurnalida e’lon qildi.
Folklor namunalarini to‘plab tarjima qilishda o‘qituvchi Vasilevning xizmati katta. «Turkiston viloyati
gazeti»da uzluksiz 30 yilga yaqin redaktorlik vazifasini o‘tagan N. P. Ostroumov rus yozuvchilarining
asarlarini o‘zbekchaga va o’zbek yozuvchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilishda hormay-tolmay
ishladi.
O’z sinfining sodiq o‘g‘li N. P. Ostroumov chor Rossiyasining manfaatlarini ko‘zlagan va ularni
qattiq himoya qilgan xolda, taraqqiyparvar o’zbek shoirlarining ajoyib asarlarini gazetada bostirishga majbur
bo‘ldi. Uning o‘zi Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan edi.
N. P. Ostroumovning uzoq, muddatli tarjimachilik faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, turli-tuman janrlarni
o‘z ichiga oladi. U tarixiy risolalar, sarguzashtlik kitoblari, she’r va folklor asarlarini tarjima qilgan edi.
N. P. Ostroumov shoir Furqatning «Akt majlisi xu-susida», «Toshkand shahrida bo‘lgan na’ma bazmi
xususida», «Suvorov haqida», «Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida», «1891 yil 22 yanvarda...»,
«1891 yil 10 fevralda...» kabi she’rlarini tarjima qilib, uning asarlarini rus xalqiga birinchi bo‘lib tanitdi.
N. P. Ostroumov «Sattorxon Abdul G‘afforovning xotiralari» («Восроминание Саттархана Абдул
гаффарова»), «Qo‘qon shoiri Zokirjon Furqatning avtobiografiyasi» («Автобиография Кокандского поета
Закирджан Фурката») ») kabi memuar asarlarni ham rus tiliga o‘girgan.
N. P. Ostroumovning hamma tarjimalarini ushbu ishda batafsil tahlil qilish imkon doiramizga
sig‘maydi va bu bevosita bizning vazifamizga kirmaydi. Shunday bo‘lsa ham, uning Furqat ijodidan qilgan
ayrim tarjimalari bilan hozirgi tarjimalarni bir-biriga qiyos qilishga ob’ektiv zarurat tug‘ilganiga, quyidagi
mulohazalar tufayli, kitobxon iqror bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz.