Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

«chig‘atoy  tili»

  dagi  so‘zlar  bilan  almashtirishni  targ‘ib  qildilar.  Burjua  millatchilari  arab,  fors 

so‘zlarigagina  qarshi  bo‘lib  qolmay,  rus  va  interna sional  so‘zlarga  ham  qarshi  kurash  ochdilar. 

Ular  «samovar»  o‘rniga  «o‘zi  qaynar»,  «samolyot»  —  «o‘zi  uchar»,  «poezd»  —  «otash  arava», 

«velosiped» — «shayton arava», va hokazolarni taklif qildilar. 

Albatta,  har  bir  tilning  o‘ziga  yarasha  normalari  bor.  Arab,  fors  so‘zlarini  ishlatishni 

suiiste’mol qilish tilni chigallashtirishga olib boradi.  

Sinonimlarni  o‘z  o‘rnida  ishlatish  yozuvchining  kuch-quvvati  va  iste’dodidan  darak  beradi 

hamda  har  bir  shoir,  har bir adibning bilim  doirasi, turmushni anglashi  va,  ayniqsa,  xalq  jonli  tilini 

qanchalik  bilishini  ko‘rsatadi.  Ulug‘  yozuvchilarning  asarlarini  tekshirib  ko‘rganda,  ularda  rang-

barang sinonim so‘zlarning keng va o‘rinli ishlatilganligining shohidi  bo‘lamiz. 

Sinonimlar tilning turli nozik ma’no ottenkalarini  ifodalaydi. Ular fikrni aniqroq, chuqurroq va 

mukammalroq ifodalashga yordam beradi.  

 

Sinonim

 

grekcha so‘zidan olingan bo‘lib, «nomdosh», «otdosh» degan ma’noni beradi. 

Shudnay qilib, shakl jihatidan har xil, lekin ma’nolari bir xil yoki  uyg‘un bo‘lgan so‘zlar 

sinonimlardir. 

Sinonim  so‘zlarni  ishlatish  tarixi  qadim  davrlarga  borib  taqaladi.  XI  asr  yozma  yodgorligi 

«Devonu lug‘otit-turk»da ham sinonim so‘zlarning keng ko‘lamda qo‘llanilgani  ma’lum.  Filologiya 

fanlari kandidati S. Mutallibov XI asr yozma yodgorliklarida ishlatilgan so‘zlarni uchga  bo‘ladi: 

«1.  Juda  qadimgi  vaqtlardan  boshlab  qabilalarning  xos  so‘zlari  tarzida  qo‘llanib,  u 

qabilalar birikkanda sinonim holiga ko‘chgan so‘zlar. 

2.

 

Turmush  zarurati  bilan  til  taraqqiy  qoidalariga  muvofiq  qo‘llanib  turgan  so‘zlardan  yangi  so‘zlar 

yasash  asosida  kelib  chiqqan  sinonimlar.  Turmush  talablariga  muvofiq,  chet  so‘zlarni  qo‘llash 

natijasida  maydonga  kelgan  sinonimlar».  (



S.  M.  M u t a l l i b o v ,   Morfologiya  va  leksika  tarixidan 

qisqacha ocherk, O‘zbekistan Fanlar akademiyasi nashriyoti,  1959,  191-bet. 

XI asrdagi yozma yodgorliklarda uchragan sinonim so‘zlar juda ko‘p, masalan: 

«Dam olish»ni bildiradigan so‘zlar: «kaytu», «sijdu», «qo‘shpichoq». 

“Shaharlik”  

bildiradigan  so‘zlar:   «qand»,   «ulush»,  «baliq». 



«Molxona» 

— «og‘il»,  «otxona»,  «uzliq». 



“Chumchuq”ni 

bildiradigan  so‘zlar:  «chungurxa»,  «sajo»,  «qo‘shg‘och»  va  boshqalar.  Bu 

sinonimlarning  bir  qismi  hozir  ham  tilimizda  aynan  o‘sha  ma’noda  ishlatilsa ,  ko‘pgina 

so‘zlarning  ma’nolari  davrlar  o‘tishi  bilan  o‘zgarib  kettan  va  ba’zilari  iste’moldan  chiqib  qolgan 

yoki  o‘sha  vaqtda  sinonim  bo‘lgan  so‘zlar  hozir  sinonimlikdan  chiq qan  bo‘lishi  mumkin. 

Chunonchi, ilgarigi «tuya» so‘zining  «tavay —• atay — engon — davay» kabi sinonimlari bo‘lsa, hozir 

ular    ishlatilmaydi.  Alisher  Navoiy  «Muhokamatul-lug‘atayn»  nomli  asarida  o‘zbek  tilining  sinonimlarga 

nihoyatda boy ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdi. Masalan, u  o‘zbek tilida  «ot»  ma’nosida  

juda  ko‘p  so‘zlar  ishlatilishini  quyidagicha  ko‘rsatgan  edi.  «Yana  ot  anvoidagi, 

tubuchoq 

va 


arg‘umoq 

va 


yaka 

va 


yobu 

va 


totu 

yo‘sunliq  —  barini  turkcha-o‘q  ayturlar.  Va  otning  yoshin  dag‘i 

ko‘prakini turkcha ayturlar. Bir 

qulunni «kurra» 

derlar.  Uzga: 



toy 

va 


g‘o‘nan 

va 


do‘nan 

va 


tulan 

va 


chirg‘a 

va 


lang‘a 

deguncha fasihroqlari turkcha derlar». 

O‘zbek klassik shoirlarining ko‘plari ham ikki tilda  (O‘zbek va tojik tillarida) so‘zlashib, o‘sha 

tillarda  she’rlar  yozganlar.  Shu  yo‘l  bilan  O‘zbek  tiliga  tojikchadan  ki rgan  bir  qancha  so‘zlar 

sinonimik  shaklga  kirib  qolgan.  Masalan,  «oltin—tilla»,  «yayov  —  piyoda»,  «bulok.  —  chashma», 

«o‘rnak — namuna», «manglay — peshona», «kulgi — xanda», «kiyik — ohu», «ulug‘vor — buzrukvor», 

«yuz — chehra», «bilim—donish», «ko‘ngil — dil», «erkak — nar», «so‘z — suxan» va hokazo. 

Arabchadan  kirgan  so‘zlar  evaziga  ham  sinonimlar  ko‘paygan.  Masalan,  «yer  yuzi  —  olam—

jahon—dunyo»,  «payt—  vaqt  —  zamon»,  «go‘zal  —  chiroyli  —  badiiy»,  «daryo  —  bahr»,  «mayda  — 

juz’iy»,  «kunlar  —  ayyom»,  «bog‘-firdavs  —jannat».  «ayriliq  —  firoq  —  hijron»,  «tonmoq  —  inkor», 

«yagona—nodir — kamyob», «sevgi — muhabbat» va hokazo. 



 

Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish