Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

       

55 


 

 

 

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy arab, fors, sug‘diy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind va yunon 

tillarini  bilgan,  tarjima  bilan  ham  muntazam  shug‘ullangan.  U  Ma’mun  akademiyasida  amalga  oshirilgan 

tarjimalardan  foydalanish bilan  birga,  “o‘zi  asl  nusxadan  tarjimalar  qilar,  shubhali,  ishonchsiz  tarjimalarni 

rad qilib, bevosita aslidan foydalanar yoki o‘zi ularni yangidan tarjima qilardi. 

“Hindiston” kitobini ko‘zdan kechirganda, uning bir necha joylarida “shu faslda tarjimon ba’zi so‘zni 

qorishtirib yuborgan” yoki “ana shu aytilgan so‘zlar fikr yurgizmay turib, taxminan qilingan tarjimalarning 

va  bilmasdan  turli  fikrlarni  bir-biriga  qorishtirish  natijasidir”  kabi  tanqidiy  mulohazalarni  uchratamiz. 

“Ramayana”  asari  tarjimasi  munosabati  bilan  diniy  mutaassiblikning  tarjimachilik  ishiga,  umuman  fan 

rivojiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligini tanqid qiladi

25

. Ulamolar oxiri “S” bilan tugallanadigan yunon  va 



rim  olimlarining  nomlaridan  o‘lguday  nafratlanadilar,  natijada  har  turli  ta’qiblardan  qutulish  maqsadida 

mutarjimlar ularning nomlarini arabiylashtirishga majbur bo‘ladilar – yunoncha “Katigoriyas”, “Analitikus”, 

“Aristotelus”  kabi  so‘zlarning  “Al-maqolut”,  “Al-qiyos  va  burhon”,  “Arastu”  bo‘lib  ketishining  sababi 

shunda, deydi

26



Olimning  tarjima  bilan  bog‘liq  ko‘pgina  fikrlari  hozirgi  kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan. 



Jumladan: 

“Tarjimalarda iboralarda ixtilof bo‘lmay iloj yo‘q”. 

“Agar  (tarjimalarimizda)  ishlatgan  so‘zlarimiz  odatda  ishlatiladiganga  to‘g‘ri  kelmasa,  ma’nolariga 

e’tibor berilsin, chunki maqsad ma’nolarni bildirishdir”. 

“Ba’zi  so‘zlar  borki,  u  bir  din  va  bir  tilda  bema’ni  bo‘lsa  ham,  boshqa  bir  din  va  boshqa  bir  tilda 

bema’ni bo‘lmaydi”

27



Mohir tarjimon sifatida u Mahmud G‘aznaviy saroyining malik ush-shuarosi Unsuriyning “Vomiq va 



Uzro”, “Xingbut va Surxbut” dostonlari, “Veda” va “Mahobxorat” kabi hind eposlari, forsiy xalqlar ijodidan 

esa “Qosim us-surur va Ayn ul-hayot”, “Hurmuzdyor va Mehryob”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dodmoh 

va Kiromiduxt”, “Nilufar”, “Dabistiy bilan Borbahokor hikoyasi” kabi asarlarni arab tiliga o‘girgan.  

1340 yilda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning “Xisrav va Shirin” dostonini o‘zbek tiliga 

o‘girgan Qutb Xorazmiy o‘z tarjimasi haqida, jumladan shunday deydi: 

Nizomiy nazmi yanglig‘ tuz so‘zungni, 

Anin bilgut xoningg‘a bu o‘zungni… 

Qozontek qaynab-ush savdo pishirdum, 

Nizomiy bolidin halvo pishurdum. 

Hiloliyning  “Shoh  va  gado”  dostoni  tarjimasiga  ilova  qilgan  “Bu  qissa  tarjimasining  boisi”  degan 

bobda Ogahiy asarni asl nusxadan chekinmay, unga mos tarjima qilishga uringanligini qayd etadi: 

Har na so‘zdin qilibdurur tahrir, 

Bayt-barbayt ayladim taqdir. 

Barcha so‘zkim, dedim, oning so‘zidur. 

Man demaykim, degan oning o‘zidur. 

Go‘iyo men aning tilidurmen, 

Tutg‘ali xomani alidurmen. 

Tarjima  nazariyasining  ahamiyati  shundaki,  turli  yo‘nalishda  ijod  qiladigan  tarjimonlarning 

o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yib, ularga badiiy tarjimaning amaliyotda sinovdan o‘tgan maqbul yo‘llarini 

ko‘rsatadi.  Tarjimaga  qanday  yondashish,  tarjima  jarayonida  qanday  usullardan  foydalanish,  u  yoki  bu 

muammoni hal qilishda qanday yo‘l tutishni o‘rgatadi. Ko‘p asrlik tarjima tarixi yutuq va qusurlarini tahlil 

qilish  asosida  muayyan  prinsip  va  qoidalarni  ishlab  chiqqan  tarjimashunoslik  fani  har  qanday  tarjimonga 

umumiy yo‘l-yo‘riq berishga yo‘naltirilgan. Ana shu umumiy qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda, har bir 

tarjimon konkret asar tarjimasida yuzaga kelgan o‘ziga xos muammolarni o‘zi individual ravishda hal qiladi. 

Tarjimashunoslik fanining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:  

1.

 



Tarjima tarixi 

2.

 



Tarjima nazariyasi 

3.

 



Tarjima tanqidi 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish