Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

       

71 


 

 

 

Muallif  va  mutarjim  uslubining  bir-biriga  mos  kelish  va  mos  kelmaslik  muammosi  doirasida 

tarjimaning ikki prinsipial masala yotadi: 

1. O‘zgani taqdim qilish. 

2. O‘zni taqdim qilish. 

Yoki: 


1. Tarjima asari – tarjima asari. 

2. Tarjima asari – original asar. 

Uslub muammosining ikki tomoni mavjud: 

1. Yozuvchi uslubining tarjimon uslubiga ta’siri. 

2. Tarjimon uslubining yozuvchi uslubiga ta’siri. 

Uslubiy  moslashtirish  asarni  ko‘proq    i  q  l  i  m  l  a  sh  t  i  r  i  sh,  yozuvchini  “o‘zimizniki”  qilish 

maqsadiga xizmat qiladi”. 

“Individual uslub deganda biron avtorning muayyan davrda yaratgan asarlarida doim uchrab turadigan 

yoki  uning  butun  ijodiga  xos  asosiy  uslubiy  unsurlar  majmuasi  tushuniladi.  Shuningdek,  ijodiy  faoliyatga 

munosabatidan  qat’i  nazar,  biron  shaxsning  og‘zaki  yoki  yozma  nutqda  muntazam  ishlatiladigan  so‘z  va 

iboralari ham individual uslubni keltirib chiqaradi”

62



“Badiiy tarjimada aniqlikka erishish faqat yozuvchining individual uslubini aks ettirish orqali amalga 

oshadi. Uslubni berolmagan tarjimon aniqlikni da’vo qilolmaydi”

63



“Badiiy tarjima ikki uslubning birikishidan hosil bo‘lgan  ya n g i      a d a b i y   h o d i s a d i r. 



Tarjima jarayonida ikki ijodkor uslubi ro‘baro‘ keladi, tanishish yuz beradi. Bu tanishuv tarjimada birikish, 

o‘zaro singib ketish holatida namoyon bo‘ladi. 

 

PERSONAJLAR NUTQI TARJIMASI 



Personajlarning o‘z nutqi bo‘lib, u adabiy tildan farqlanadi, ular qiyin so‘zlarni ba’zan buzib talaffuz 

qiladilar – asl nusxada o‘z aksini topgan bu so‘zlashuv uslubi tarjimada ham imkon qadar asliga xos berilishi 

kerak.  Masalan,  Vasiliy  Shukshinning  bir  qahramoni  yozuvchilikni  havas  qiladi,  biroq  uning  adabiyotdan 

savodi  haminqadarki,  hikoya  so‘zini  to‘g‘ri  yozolmaydi  –  “raskas”  deb  yozadi.  Uni  O‘.Hoshimov  va 

X.Sultonovlar  “hikoya”  deb  tarjima  qiladilar.  X.Ahrorova  esa  rus  mujiklari  tilida  kelgan  “fershal”, 

“rojestvo”,  “ablakat”  kabi  so‘zlarni  “feldsher”,  “rojdestvo”,  “advokat”  tarzida  tuzatib  tarjima  qiladiki,  bu 

qahramonlar nutqining tabiiyligini yo‘qqa chiqaradi

64



“S.A.Baruzdinning tasvirlash maromiga xos birinchi fazilat  – bu qisqalik; ikkinchi alomat  – aniqlik; 

uchinchisi  –  chuqur  psixologizm”

65

.  Shunga  qaramay,  uning  199  sahifalik  “Oydek  ravshan”  qissasi  



tarjimada  238  betga  cho‘zilgan.  “Sababi,  muallifning  ixcham  uslubi  me’yorida  ortiq  darajada  izohlab, 

sharhlab, talqin qilib berilgan”

66

. Masalan: 



“Katyushe tridsat pyat. Sxoditsya, rasxoditsya” (7) degan beshta so‘zdan iborat gap “Katyusha o‘ttiz 

beshga kirdi. Nuqul erga tegib, erdan chiqish bilan ovora” tarzida o‘n bitta so‘z bilan o‘girilgan ekan, qizning 

xulq-atvori tasviriga mos tarzda, tarjimonning tadbiriga e’tiroz bildirib bo‘lmas. Biroq agar bunday uslubiy 

“bag‘rikenglik” muxtasar aniq tasvirni lanj qilib qo‘ysa, mantiqsizlik sodir bo‘lishi ham hech gapmas. 

Albatta,  tarjimada  ikki  uslub  –  muallif  va  mutarjim  uslubi  kesishadi  –  chinakam  tarjimada  ana  shu 

nuqtada vujudga keladi. 

“Chunki  fikr  o‘z  qolipi  bilan  fikr.  Qolip  o‘zgardimi,  fikrda  ham  ozmi-ko‘pmi  o‘zgarish  yuz  berishi 

tabiiy.  Tarjimada  baribir  qolip  o‘zgaradi-ku,  deyishlari  mumkin.  Ha,  o‘zgaradi.  Lekin  o‘zgartirmaslikning 

imkoni bo‘lmagandagina o‘zgaradi”

67



V.Xinkisning  fikricha,  asl  nusxadagi  sheva  elementlarini  tarjima  qilinayotgan  tildagi  aynan  sheva 

so‘zlari bilan berish shart emas, uni so‘zlarning o‘zaro birikishi – sintaksis yordamida ham ifodalasa bo‘ladi. 

Tarjimashunos M.Loriening fikri ham shunday bo‘lib, shevalarni tarjima qilishda ona tilidagi biror shevadan 

foydalanmay,  uni  sintaksis  va  ma’lum  intonatsiya  yordamida  ham  aks  ettirish  mumkin

68

.  S.Olimov  ham 



                                                 

62

 



С а л о м о в  Ғ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент, 1983. 66-бет. 

63

 С а л о м о в  Ғ., К о м и л о в   Н. Дўстлик кўприклари. – Тошкент, 1979. 113-бет. 



64

 Қаранг: Ҳ а з р а т қ у л о в  М. Услуб ва таржима ҳақида баъзи кузатишлар // Таржима санъати. 4-китоб. – Тошкент, 1978. 271-

272-бетлар. 

65

 С а л о м о в  Ғ., К о м и л о в  Н., Ж ў р а е в  Т. Бадиий таржиманинг тараққиёт майллари таржима санъати (Мақолалар тўплами). 



6-китоб. – Тошкент, 1985. 13-бет. 

66

 Ўша ерда. 16-бет. 



67

 О л и м о в   С. Илмий таржима мураккабликлари // Таржима санъати. 6-китоб. – Тошкент, 1985. 110-бет. 

68

 Э г а м о в а   Я. Таржимада персонажлар нутқидаги жонли тил элементларини акс эттириш масаласи // Бадиий таржима – дўстлик 



қуроли (Мақолалар тўплами). – Тошкент, 1974. 33-34-бетлар. 


 

Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish