Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi


  DTS xaqida tushuncha. Umumiy o‗rta ta‘limning DTS xaqida



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/283
Sana15.01.2021
Hajmi1,83 Mb.
#55597
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   283
Bog'liq
pedagogika

4.  DTS xaqida tushuncha. Umumiy o‗rta ta‘limning DTS xaqida. 
Umumiy  o‗rta  ta‘limning  davlat  standarti  o‗quvchilarning  tayyorgarligiga,  saviyasiga 
qo‗yiladigan eng kam mezonni belgilaydi. 
Davlat  ta‘lim  standarti  bo‗yicha  ta‘lim  mazmuni,  shakllari,  vositalari,  usullari 
baholanadi. Standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‗rsatayotgan turli muassasalarda 
ta‘lim  barqaror  darajaga  keltiriladi.  Demak,  ta‘lim  standarti  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  o‗quv 
dasturlari,  darsliklar,  qo‗llanmalar,  nizomlar  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarni  yaratish  uchun 
asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Umumiy  o‗rta  ta‘limning  davlat  ta‘lim  standarti  o‗zining  tuzilishi  va  mazmuniga 
ko‗ra  davlat,  hudud,  maktab  manfaatlari  va  vositalari  muvozanatini  aks  ettiradi  hamda  eng 
asosiysi  o‗quvchi  shaxsi,  uning  intilishlari,  qobiliyati  va  qizi-qishlari  ustuvorligidan  kelib 
chiqadi. 
Davlat  ta‘lim  standartini  bajarish  O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat 
ko‗rsatayotgan  mulkchilik  shakli  va  idoraviy  bo‗ysunishdan  qat‘i  nazar,  barcha  ta‘lim 
muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.  
Umumiy o‗rta ta‘lim davlat ta‘lim standartini ishlab chiqishda quyidagi me‘yoriy hujjatlar 
asos qilib olinadi: 
«Ta‘lim  to‗g‗risida»,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‗g‗risida»gi  O‗zbekiston 
Respublikasining qonunlari; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh 
qilish bilan bog‗liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari; 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Uzluksiz  ta‘lim  tizimi  uchun  davrlar 
ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‗g‗risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son hamda 
«O‗zbekiston  Respublikasida  umumiy  o‗rta  ta‘limni  tashkil  etish  to‗g‗risida»  1998  yil  13 
maydagi 203-son qarorlari; 
O‗zRST 1.0—92. O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi; 
O‗zRST1.1—92.  O‗zbekiston  Respublikasining  davlat  standartlashtirish  tizimi. 
O‗zbekiston Respublikasi davlat standartini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish 
tartibi; 
GOST  1.5—93.  Davlatlararo  standartlash  ishlarini  olib  borish  qoidalari.  Standartlarning 
tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo‗lgan talablar; 
O‗zRST 1.9—95. O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi, Tarmoqlar 
standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim - davlat ta‘lim standartining tayanch o‗quv rejasi.  
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun tayanch o‗quv rejasi  davlat  ta‘lim  standartining 
tarkibiy  qismi  bo‗lib,  u  ta‘lim  sohalarini  me‘yori  hamda  maktabning  moliyaviy 
ta‘minotini  belgilashga  asos  bo‗ladigan  davlat  hujjatidir.  Tayanch  o‗quv  rejasi  o‗quv 
predmeti  bo‗yicha  beriladigan  ta‘lim  mazmunini  minimum  hajmdagi  miqdorini  o‗zida 
aks  ettiradi.  U  har  bir  sinfda  muayyan  o‗quv  predmeti  bo‗yicha  davlat  standartlariga 
muvofiq beriladigan ta‘lim mazmunini aniqlashga asos bo‗ladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish