Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi


Dasturlik.  Dastur  va  mukammal  darslik



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/283
Sana15.01.2021
Hajmi1,83 Mb.
#55597
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   283
Bog'liq
pedagogika

Dasturlik.  Dastur  va  mukammal  darslik  o‗qituvchi  hamda  o‗quvchilar  uchun,  o‗quv-
metodik  qo‗llanmalarni  tuzuvchilar  uchun  asosiy  normativ  materiallardir.  Lekin  o‗qituvchilar 
dastur va darsliklar bilan ishlashda ularning normativ va ijodiy jihatlarini farqday olishlari kerak. 


O‗quv  predmeti  darsida  ta‘limning  mazmuni  asosan  dasturda  masalalar  ro‗yxati  bilan 
ifodalanadi. 
Dasturning  asosiy  vazifasi  —  o‗quv  predmetining  mazmunini  ifodalashdir.  Unda 
kursning  sinflarga,  qismlarga,  mavzularga  bo‗linishi,  ularni  o‗rganish  tartibi,  soatlar  turi 
ko‗rsatiladi, Hatto, dasturdagi masalalar ro‗yxati ham undagi boshqa bo‗limlarning mazmunidan 
tashqari,  protsessual  yo‗nalishi  ham  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Shunday  qilib,  dastur  ikkita 
vazifani bajaradi: ta‘limning mazmunini o‗quv predmeti doirasida aks ettiradi va predmet uchun 
muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, u darslikka o‗tishni taerlaydi va uning 
mualliflari faoliyati uchun yo‗llanma hisoblanadi. 
Masalalar  ro‗yxati  —  dasturming  markaziy  bo‗limidir,  ammo  unda  boshqa  bo‗limshar 
ham  bo‗lib,  ular  darslikning  tuzuvchilari  fikrmni  va  o‗qituvchilarning  faoliyatini  ma‘lum 
yo‗nalishga solishi kerak. Har bir o‗quv predmeti bo‗yicha haqiqiy dastur umuman to‗rt qismdan 
tushuntirish  xati  (har  xil  dasturda  mazmuni  turlicha);  ro‗yxat  ko‗rinishidagi  mazmunning  o‗zi 
(mavzular,  masalalar,  laboratoriyalar  va  amaliy  ishlar,  namoyishlar,  ekskursiyalar); 
predmetlararo  aloqalar  ko‗rsatilgan  bo‗lim  hamda  o‗quvchilarning  bilim  va  ko‗nikmalariga 
qo‗yiladigan talablar ifodalangan bo‗limlardan iborat bo‗ladi. 
Kursning  maqsadlari  va  vazifalarini  ifodalash  —  dasturning  eng  muhim  elementidir. 
Xususan ana shu maqsad va vazifalar darsyaik muallifining dasturni amalga oshirishdagi ma‘lum 
nuqtai  nazarini  va  o‗qituvchining  darslikni  to‗g‗rilashi  hamda  o‗qitish  jarayonini  tashkil  etishi 
uchun tegishli yo‗nalishni belgilaydi. O‗qituvchi, ayniqsa, yosh o‗qituvchilar o‗z izlanishlarining 
yo‗nalishini  belgilab  olish  uchun  kursning  maqsadini  chuqur  anglashlari  kerak.  Dasturlarda 
shunday  vazifalar  xam  beriladiki,  o‗qituvchi  ularni  hal  qilish  uchun  institutda  tayyorlanmagan 
bo‗ladi.  Buning  misoli  sifatida  ta‘lim  mazmuniga  metodologik  bilimlarning  kiritilishini  aytish 
mumkin.  Kursga  mana  shunday  talablar  qo‗yilishining  o‗zi  o‗qituvchilarni  chuqur  o‗ylashga 
majbur  etadi.  Tajribali  pedagog  o‗tgan  yillardagi  dasturlarda  bunday  vazifalar  bo‗lmaganini 
sezadi.  Bu  hol  uning  mustaqil  bilim  olishi,  ijodiy  izlanishi,  shuningdek  metodik  birlashmada 
ishlashi uchun turtki bo‗ladi. 
Darslik.  Dasturda  ta‘limning  mazmuni  masalalar  ro‗yxati  orqali  ifodalanadi.  O‗quv 
materiali  o‗quvchilarga  mo‗ljallangan  darsliklar,  o‗quv  qo‗llanmalari,  kitoblar  va  didaktik 
materiallarda,  o‗qituvchiga  mo‗ljallangan  metodik  tavsiyalarda  yoritiladi.  Darslik  asosiy 
normativ hujjat hisoblanadi. 
Darslik  —  o‗quvchilarning  kitobi  va  uning  eng  muhim  qurolidir.  U  faqat  darsda  taxlil 
qilinadigan o‗quv materialini o‗zlashtirishda o‗quvchiga yordam beribgina qolmay, unda mazkur 
predmetga  qiziqish  uyg‗otishi,  shu  soha  bo‗yicha  mustaqil  bilim  olish  ishtiyoqini  ham  vujudga 
keltirishi kerak. 
Darslik  o‗qituvchi  uchun  ham  metodik  yo‗llanma  sifatida  xizmat  qiladi:  tushunchalarni 
kiritish  tartibini,  ularni  yoritish  chuqurligini,  kiritilgan  o‗quv  materiallariga  vaqtning 
taqsimlanishini belgilaydi. 
Obrazli  qilib  aytganda,  darslik  o‗qitish  jarayonining  «ssenariysi»dir.  Unda  o‗qituvchi 
o‗zlashtirishi  lozim  bo‗lgan  bilimlar,  faoliyat  usullari  qayd  qilinadi,  bilim  va  ko‗nikmalarni 
ijodiy  qo‗llash  yo‗llarsh  belgilanadi,  emotsional  qimmatli  qadriyatlarni  tarbiyalashning  ayrim 
vositalari  ko‗rsatiladi.  Darslikda  ta‘limning  ana  shu  barcha  mazmuni  muayyan  tartibda 
o‗quvchilarning ta‘lim muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan bosqichlar bo‗yicha joylashtiriladi. Lekin 
boshlang‗ich  maktab  darsliklari  bag‗oyat  o‗ziga  xosdir.  Ularning  hammasida  metodik  apparat 
kichkina  bo‗lib  u  sinflar  sayin  astasekin  vujudga  keladi.  O‗rta  maktabda  ba‘zan  o‗quvchi 
darslikdan  tamomila  mustaqil  holda  foydalana  olish-olmasligi  muhokama  qilinsa,  boshlang‗ich 
maktabda bu ishga o‗qituvchining rahbarligi majburiydir. 
Ijodiy ishlaydigan o‗qituvchilarning tajribasini taxlil qilib, juda muhim kuzatishni amalga 
oshirish mumkin. Ular darslik va o‗zlarining metodik qo‗llanmalaridan aqida sifatida emas, balki 
normativ  model  sifatida  foydalanadilar.  Aslida  o‗qituvchylar  sinfining  ehtiyojini,  shaxsiy 
imkoniyatlaryni nazarda tutib o‗z darsliklarini yozadilar. Ular darslikka zid ishlamaydilar, balki 
uni to‗ldirib, kengaytirib va chuqurlashtirib, uning mualliflari bilan hamkorlikka kirishib ish olib 


boradilar.  Binobarin  muallif  bolalarning  tayyorgarlik  darajasini  hisobga  olish,  ularga  tabaqali 
yendoshish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi. 
O‗qituvchi  doimo  o‗quv  yili  boshlanishidan  oldin  va  keyinchalik  har  kuni  darslikka 
murojaat  qiladi.  Uning  bundan  maqsadi  hargal  xar  xil  bo‗ladi.  Darslik  o‗qituvchining  qo‗lida 
juda ko‗p vazifalarni bajaradi. U avvalo predmetni o‗qitish vositasi sifatida xizmat qiladi. Har bir 
o‗qituvchi ana shu vazifani biladi va uni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish