Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy
boshlang‗ich qoidasi; boshqaruvchi g‗oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o‗stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - o‗qituvchi va o‗quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‗rtasida
tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‗naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo‗yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‗l) – tarbiya maqsadiga erishish yo‗li;
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‗ulari va xulqiga ta‘sir etish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: