Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/283
Sana15.01.2021
Hajmi1,83 Mb.
#55597
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   283
Bog'liq
pedagogika

 
Tayanch  so‗z  va  iboralar:  ta`lim,  bilim,  ta`limolish,  ta`limberish  me`yoriy  xujjat, 
tayanch  o‗quv  reja,  ishchi  o‗quv  reja,  namunaviy  o‗quv  reja,  o‗quv  dastur,  o‗quv  qo‗llanma, 
darslik, DTS, standart...   
1.  Ta‘lim mazmuni xaqida tushuncha. 
Ta‘limning asosida jamiyat rivojlanishining ob‘ektiv ehtiyojlari turadi. Ta‘lim insonning 
mehnat olamiga samaraliroq kirishini, jamiyat hayotiga qo‗shilishini ta‘minlaydi. Mustaqillikka 
erishib,  erkin  bozor  munosabatlari  asosida  demokratik  huquqiy  davlat  sifatida  shakllanishi 
yo‗liga  o‗tgan  O‗zbekistonda  hozirgi  bosqichda  xalq  ta‘limi  tizimiga,  pedagogika  faniga,  yosh 
avlodda  mustaqillik  va  faollikni,  ishbilarmonlik  va  tadbirkorlikni  shakllantirishga  jiddiy  e‘tibor 
berilmoqda. 
XXI  asr  pedagoglari  va  psixologlarining  diqqat  markazida  o‗quvchilarning  aqliy 
qobiliyatlarinig  shakllantirish,  ularni  o‗qitish,  tarbiyalash  va  kamol  toptirish  jarayonlarini 
uyg‗unlashtirish,  faoliyat  va  ongning  o‗zaro  bog‗liqligi  nazariyasini  ishlab  chiqish,  mustaqil 
o‗quv bilish ishlari, o‗qishni faollashtirish, ta‘lim jarayonlarini optimallashtirish, faol ta‘limning 
shakl  va  metodlaridan  foydalanish  kabi  muammolar  asosiy  o‗rin  oldi.  Ularni  ishlab  chiqish 
mamlakat pedagogika  va  psixologiya  fanlarida  jahon  bo‗yicha haqli  ravisha  e‘tirof  etilgan  turli 
yo‗nalishlar va maktablar vujudga kelishini oldindan bilish imkonini berdi. 
Ta‘lim  —  jarayon  bo‗lib,  u  natija  va  tizimdir.  Ta‘lim  jarayon  sifatida  bilimlar, 
ko‗nikmalar  va  malakalarning  ma‘lum  yigindisini  faoliyat  va  munosabatlarining  tegishli 
tajribasini o‗zlashtirishga qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir. Ta‘lim natija sifatida 
bilimlarni,  faoliyat  va  munosabatlar  tajribasshsh  o‗zlashtirishda  erishilgan  darajadir.  Ta‘lim 
tizimi sifatida -  davlat muassasalari va boshqarish organlariniig majmuasi bo‗lib ular doirasida 
insonni  tarbiyalash  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Shu  tariqa  ta‘lim  doimo  bir  yo‗la  tarbiyalash 
jarayonini ham, o‗qitish jarayonini ham ifodalaydi. 
Yosh  avlod  haqida  gap  borar  ekan,  shaxsning  kamol  topishi,  o‗z  mavqeini  anglashi  va 
o‗zini  ko‗rsatishi  masalalari  birinchi  o‗rinda  turadi.  Bu  masalalar  butun  jamiyat  va  maxsus 
yaratilgan  ijtimoiy  institutlar  va  insonning  o‗zi  tomonidan  tasodifiy  ravishda  qam,  maqsadga 


muvofiq  yo‗sinda  ham  hal  qilinishi  mumkin.  Ta‘lim  tizimida  shaxsning  ijtimoiylashuvi, 
kasbkorlikni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga muvofiq tarzda boshqarishga ham 
da‘vat etilgan. 
Ta‘lim  deganda  shaxsning  jismoniy  va  ma‘naviy  kamol  topishi  jarayonini,  uning  ongli 
ravishda ayrim ibratli qiyofalarga yo‗nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy ongda ma‘lum 
darajada  yorqin  iz  qoldirgan  ijtimoiy  namuna  (masalan,  sparta  jangchmsi,  xushaxloq  ruhoniy 
yeki  serg‗ayrat  ishbilarmondek)  bo‗lishga,  har  tomonlama  barkamollikka  intidish  jarayonini 
tushunish  mumkin.  Ana  shu  tushunchaga  ko‗ra  ta‘lim  butun  jamiyat  va  shaxslar  hayotining 
ajralmas jixati sifatida namoyon bo‗ladi va so‗zning keng ma‘nosidagm «tarbiya» tushunchasiga 
o‗xshaydi.  Lskin  ko‗p  ma‘noliligi  ko‗rsatilmasa  «ta‘lim»  so‗zini  to‗liq  anglab  bo‗lmaydi. 
Masalan,  ta‘lim  deganda  ma‘lum  hajmdagi  bilimlar,  ko‗nikma  va  malakalarni  o‗zlashtirish 
tushuniladi.  Ta‘limga  shaxsni  o‗qitish  va  kamol  toptirish  jarayonining  tegishli  yo‗sinda  tashkil 
etish  sifatida  qarash  ham  mutlaqo  to‗g‗ridir.  Bulardan  tashqari,  shubhasiz,  ta‘lim  bilimlar, 
ko‗nikmalar hamda malakalarni berish va o‗zlashtirish bilan bog‗liq faoliyat tizimi, shuningdek, 
ma‘lum ijtimoiy institut (o‗ziga xos vazifalarni bajarish uchun tuzilgan muassasalar tizimi)dir. 
Ko‗ramizki,  ta‘lim  turli  shakllarda  namoyon  bo‗ladigai  ko‗p  tomonli  hodisa  (darajada, 
jarayon,  faoliyat)dir.  O‗quv-tarbiya  jarayoni  tizimining  strukturasi,  ana  shu  jarayonning 
mazmuni,  pedagoglar  va  o‗quvchilarning  faoliyati,  shuningdek,  amalga  oshirilgan  ishlarning 
natijasi  mazkur  tizim  jamiyatning  qanday  tarixiy  tipiga  mansubligiga  bog‗liqdir.  Mana 
shularning  hammasini  hisobga  olib  quyidagilarni  aytish  o‗rinlidir:  ta‘lim  —  nisbatan  mustaqil 
tizim bo‗lib, uning vazifalari jamiyat a‘zolarini muntazam ravishda o‗qitish va tarbiyalash orqali 
ularni  ma‘lum  boyliklar, ko‗nikma va  malakalar  hamda  axloq normalari  bilan  qurollantirishdir. 
Ana  shunday  o‗qitish  va  tarbiyalashning  mazmunini  pirovard  natijada  mazkur  jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi hamda moddiytexnik taraqqiyotining darajasi belgilaydi. 
Endilikda  har  bir  xalqning  faqat  o‗z  milliy  madaniyati  asosida  o‗qishi  va  tarbiyalanishi 
yetarli  emasligi,  ujahon  madaniyati  boyliklarini  ham  anglashi  zarurligi  to‗g‗risidagi  fikrlar 
tasdiqlanmoqda.  Bilimdon  kishilarni  tarbiyalashdek,  an‘anaviy  vazifa  o‗rniga  atroflicha  fikr 
yuritadigan ijodkor kishilarni yetishtirish vazifasi olg‗a surilmokda. Ilgari ma‘lumotlilik darajasi 
o‗rganilgan  qoidalar,  tahlil  qilingan  asarlar,  yodlangan  she‘rlarning  soni  va  bir  xil  masalalarni 
yechish  ko‗nikmasi  bilan  belgilangan  bo‗lsa,  hozirgi  kunda  bu  daraja  miqyosi  kengaydi.  Eng 
muhim masalalarni qo‗ya bilish har qanday ishga ijodiy yondoshish kabi xislatlar ma‘lumotlilik 
darajasini  ko‗rsatadi.  Avvalgi  vaqtlarda  o‗quvchilarni  axborotlardan  xabardor  qilingan  bo‗lsa, 
endi  ularda  hayotni  o‗zgartirish,  uni  yaxshi  tomonga  burish  ko‗nikmalari  va  qobiliyatlarini 
shakllantirishga  jiddiy  ahamiyat  berish  zarur.  Eng  muhimi  butun  tarbiyaviy  jarayonni  insonga 
qaratishdir.  Ta‘lim  insonni  bilimlar  bilan  qurollantiribgina  qolmasligi,  balki  uni  shaxs  sifatida 
kamol  toptirishi  va  takomillashtirishi  ham  kerak.  Boshqacha  aytganda,  jamiyatda  ta‘limni 
insonparvarlashtirish  g‗oyalari  tobora  keng  yoyilmoqda.  Shubhasizki,  jamiyat  va  maktabni 
insonparvarlashtirish  muammosi  ta‘limning  og‗zaki  axborot  —  usulini  unumli,  yaratuvchilik 
usuliga  aylantirish  bilangina  hal  bo‗lmaydi.  Mazkur  jarayonning  eng  muhim  yo‗nalishi  ta‘lim 
mazmunini  insonparvar  qilishdir.  Bu  tadbir  birinchidan,  shaxsda  madaniyatni  shakllantirishda 
fanlarning  rolini  oshirishdan,  xalq  milliy  madaniyatining  barqaror  boyliklarini  tushunishdan, 
ikkinchidan, tabiiy-ilmiy va texnika fanlarini ekologik hamda iastimoiy ahamiyatli jihatlar bilan 
boyitishdan iboratdir. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirishning  eng  zarur  tomonlaridan  biri  maktab  faqat 
o‗quvchilarga  ma‘lum  hajmdagi  bilim,  ko‗nikma  va  malakalarni  o‗zlashtirishda  yordam  berib 
qolmay,  balki  ularni  madaniyatga,  uning  boyliklari  va  xilma-xilligiga  jalb  etishi  kerak.  Hozir 
o‗zbek maktabining milliy xarakteri muammosi g‗oyat jiddiydir. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish