ishtiyoqi bilan qaytishi kerak. O‗qituvchining darsda nimanidir amalga oshirishda ulgurmagani
xech gap emas. Uning bolalarda uyg‗otgan qiziqishi keyingi safar kamchilikni to‗ldirishda unga
yordam beradi. Dars oxirida o‗qituvchi bolalarni g‗ayratlantiradigan savolni ochiq qoldirsa,
bolalar sarguzashtlarning davomini kutgandek u bilan yana uchrashishga intiladilar.
Afsuski, darsliklarimizdagi matnlarda aqlga nomuvofiq fikrlar uchramaydi, barcha
ziddiyatlar bartaraf etilgan va shunga ko‗ra darsliklar zerikarli. Odatda dastlabki manbalarda
aqlga nomuvofiq fikrlar, ziddiyatlar, to‗qnashuvlar juda ko‗p bo‗ladi. Dastlabki manbalardan
foydalanish yaxshi, lekin ularni o‗qish qiyin. Shuning uchun, bir tomondan, bolalar tushunadigan
tilda yozilgan, ikkinchi tomondan, o‗zaro zid fikrlar uyg‗otadigan mazmundagi o‗quv matnlari
zarur.
Bizning juda bo‗sh o‗quv materiallarimizni xayoliy qo‗shimchalar bilan jonlantirish
mumkin va bu ish murakkab emas. Masalan, o‗qituvchi darsni quyidagicha boshlaydi:
«O‗zimizni kosmik kemada uzoq galaktikadagi noma‘lum planetaga uchib kelgandek xis
qilamiz. Undagixamma sharoit xuddi yerdagidek, lekin faqat tortish kuchi kam. Unda qanday
xayvonlar yashashi mumkinq» Bu xolda bolalarning maqsadi mazkur planetada xayvonot
dunyosini ko‗paytirishdan iborat bo‗ladi. O‗qituvchi esa ularga yerdagi xayvonot dunyosini
o‗rgatishni ko‗zlaydi. O‗qituvchi xam, o‗quvchilar xam o‗z maqsadlariga erishadilar, binobarin
taqqoslash bilishning yaxshi yo‗lidir.
Maktablarimizdagi o‗quv predmetlarimizning mazmunida asosiy e‘tibor definisiyalarga,
ya‘ni tushunchalarni ta‘riflashga qaratilgan. Lekin ana shu tushunchalarga turli nuqtai nazardan
qarash g‗oyat foydalidir. Xar qanday ob‘ekt o‗zi xaqidagi tushunchaning ta‘rifidan ancha boydir.
Bolaning miyasiga tushunchalar ta‘rifini qanchalik ko‗p tiqishtirsak, ana shu boylikning
imkoniyatlari shunchalik yo‗qolib boradi.
O‗qituvchining materialni takrorlash va mustaxkamlashga qaratilgan vazifalari xam
o‗quvchilarning faoliyatini kuchaytirishi lozim. Uyga beriladigan vazifaning o‗qish va
so‗zlashdangina iborat bo‗lishi ma‘qul emas. Undan ko‗ra bolalarning o‗qituvchiga savollar
bergani yaxshiroqdir. Ammo o‗tilgan mavzu bo‗yicha berilgan savollar o‗quvchilarni yangi
bilimlarni o‗zlashtirishga tayyorlashi kerak. Suv solingan idish isitilsa, itarilish kuchi qanday
o‗zgaradi. O‗ituvchi darsda isbotlagan qoidalarni amalda sinab ko‗rishni bolalarga tavsiya etish
mumkin. Chunki baxslashish uchun bilim kerak.
Xozir maktablarda o‗quvchilarga o‗zlari o‗rganadigan predmetlarni yoki mavzularni
tanlash xuquqini berish mumkinligi xususida gaplar bo‗layotir. Boladan ko‗chaga chiqishdan
oddin etigini kiyish yoki kiymasligini so‗rash kerak emas. Chunki u «kiymayman» deyishi
mumkin va so‗ragan kishi mulzam bo‗lib qoladi. Undan etikni avval chap yoki o‗ng oyoqqa
kiyishini so‗rash boshqa gap. U o‗zining tanlash xuquqidan qoniqish bilan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: