Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi – maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni
tarbiyalash, ularni intellektual, ma‘naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish
masalalarini o‗rganadi.
Maktabdan tashqari ta‘lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa
yo‗nalishlarda yo‗lga qo‗yiluvchi, bolalar hamda o‗smirlarning ta‘limga bo‗lgan, yakka
tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‗sh vaqti va dam olishini
tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta‘lim bosqichi.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Mahorat – o‗zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‗llash usullarini (yo‗llarini,
harakatlarini) egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |