Katexizism (qisqa bayonli) suhbat
– o‗quvchilarning boshlang‗ich bilim darajasi
hamda ularning yangi o‗quv metodikasini o‗zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali
o‗qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‗rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars
so‗nggida qo‗llaniladi.
E
vristik suhbat
yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‗naltiriladi. Bunda
savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‗q» tarzidagi
javoblarni olish emas, aksincha, o‗quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga
kelishini ta‘minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati
yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‗quvchilar bilimlarni o‗zlarining tirishqoqliklari va
mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‗zlashtira olsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |