To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat
korxonalarini vujudga keltiri va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgandi. Ammo, ular
markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potensial sobiq
ittifoqdosh Respublikamizga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yubodi, ularni mahalliy
xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga
mamlakatda rus millati ustuvorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini
shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning
o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarba berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga
keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |