Makka shahriga ziyoratga borish). Islom diniy ta’limotining beshta arkonidan to‘rttasi ma’naviy-
axloqiy va marosimga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi hamda shu asnoda islom asoschisining
marosimlarga va diniy hayot qoidalariga ko‘proq e’tibor qaratganligini aks ettiradi. Bu holat
muammolaridan biriga aylangan. Turli maktablarga mansub sunniy ilohiyotchilar faqat sunniylar
(ahli as-sunna va-l-jama’a) 73 ta islom jamoasi orasida «to‘g‘ri yo‘ldan» borayotgan yagona
jamoa sifatida «najot topishi», jannatga tushajagi haqidagi, Muhammad payg‘ambarga nisbat
berilgan hadisga asoslanib «to‘g‘ri e’tiqodlilik» tarafdorlari ekanliklarini qat’iyat bilan himoya
qilganlar. G‘arb va mamlakatimiz islomshunosligida an’anaviy, sunniylik yo‘nalishidagi islomga
ergashuvchilarni «e’tiqodi mustahkamlar» (ortodokslar) deb, ularning muxoliflarini –
«bid’atchilar» (yeretiklar), «mazhabchilar» (sektantlar) deb ataydilar. Lekin xristianlikdagi
«ortodoksiya», «yeres», «sektantlik» tushunchalari islomning din sifatidagi mohiyati va o‘ziga
xosligini ifodalay olmaydi. Islomda xristianlikdagi Dunyo xristianlarining yig‘ini singari
aqidalarni qonunlashtirib qo‘yadigan institut (tuzilma) yo‘q; islomning teokratik oliy maqsadi
davlat bilan bir qatorda diniy institutning (cherkovning) mavjud bo‘lishi g‘oyasiga zid edi.
Islomda barcha mintaqalarda umumiy e’tirof etilgan diniy maktab bo‘lmagan. Diniy
masalalarning turlicha sharhlanishi ehtimoli ana shundandir. Qarama-qarshi nuqtai nazarlarning
tarafdorlari ayni birday yengillik bilan Qur’ondan va sunnadan o‘z fikrlari foydasiga va o‘z
muholiflariga qarshi dalillar topganlar.
Islomga tarixiy voqelik sifatida qarashda unga g‘oyalar va fikrlar kurashida shakllangan va
hozirda ham amal qilib turgan mafkuraviy tizim sifatida yondashish noxolislik va bir
tomonlamalikni bartaraf etishda yordam berishi mumkin. Islomdagi ana shu g‘oyalar va fikrlar
xilma-xilligi, uning yangi g‘oyalarni o‘zlashtirib olishga va moslanuvchanlikka moyilligini,
uning o‘zgarib borayotgan dunyo sharoitidagi yashovchanligini ta’minladi.
XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy
rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-
ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan
o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan
asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi.
Islom diniy-falsafiy va huquqiy me’yorlarining XIX asr o‘rtalarida boshlangan hamda
hozirda ham davom etayotgan yangi tarixiy sharoitga moslashuv jarayonini ko‘pgina
tadqiqotchilar, garchi u xristian reformatsiyasidan jiddiy farq qilsa ham, «musulmon
reformatsiyasi» (isloh) atamasi bilan belgilamoqdalar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish taqozosi
musulmon islohiyotchilari va huquqshunoslari oldiga islomning bir qator an’anaviy qoidalarini
yangicha mushohada qilish zaruriyatini qo‘ydi. Biroq ushbu jarayon juda og‘riqli va davomli
bo‘ldi. Bu, masalan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini vujudga keltirish joizligi (yoki
gunoh hisoblanishi) xususidagi bahsda aks etdi. Bahs, bir tomondan, qarz foizini undirish man
etilishi (riba’) haqidagi qoida atrofida, ikkinchi tomondan esa – sarmoyaning ishlatmay tashlab
qo‘yilishini shariat man etishi vajidan avj oldi.
Turmush tarzining qat’iy belgilab qo‘yilganligi islomning zamonaviy globallashuv
voqeliklariga moslashuviga to‘sqinlik qilmoqda va «g‘arblashtirishga» qarshi harakat
kuchayishiga olib kelmoqda. Garchi o‘zining butun tarixi davomida islom siyosatdan chetda
turmagan bo‘lsa-da islomga siyosiy ruh berilishi musulmon mamlakatlarida milliy-ozodlik
kurashi kuchaygan va milliy o‘zlikni anglash o‘sgan sayin tobora ko‘proq namoyon bo‘la
boshladi. XXI asr boshlarida xalqaro xavfsizlikka va jahondagi barqarorlikka eng ko‘p tahdid
soluvchi turli radikal (ekstremistik) va terrorchilik kuchlari tomonidan «islom fundamentalizmi»
shiorlaridan foydalanish hozirgi sharoitda islomga siyosiy ruh berilishining eng keskin
ko‘rinishlariga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: