Mavzuning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Koreys tiliga xos bo‘lgan frazeologik birliklarni ko‘rib chiqib ular bildirgan ma’nolarni tahlil etish;
Koreyscha frazeologik birliklarni tahlil etish;
Frazeologiyalar tashiydigan lingvomadaniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish;
Frazeologiyaning koreys tilidagi ahamiyatini o‘rganish.
Asosiy manbalar va tadqiqotchilarning ishlari. Frazeologiyani o‘rganish borasida ko‘plab o‘zbek tilshunos olimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini yozishgan. Bu o‘rinda A.Umarov, S.Alpatov kabi olimlarning ilmiy ishlarini ta’kidlash joizdir. Mazkur kurs ishini yozishda asosiy manba sifatida koreys tilida 1966-yilda chop etilgan “관용어 사전”ga hamda 2002-yilda nashr etilgan “우리 문화 길라잡이 국립국어 연구원 학 고재” kitoblariga tayandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |