c) Koreys millatining hayot tarziga oid so‘zlar
가마24- qadimda odamlar foydalangan qatnov transportining bir turi hisoblanadi. 가마 odatda juda kichkina uy ko‘rinishdagi to‘rtburchak quticha shaklidagi tom bilan qoplangan shaklda bo‘lgan. Uning yon tarafida ichkariga kiriladigan eshik va orqa va oldi tomonidan chiqib turgan tayoqlar mavjud. Shu chiqib turgan tayoqlarni orqa tomondan 2 kishi, oldi tomondan 2 kishi ko‘tarib 가마 ni shu tariqa harakatga keltirishgan. To‘y marosimi kuni kelin shundan 가마 ga o‘tirib, kuyovni uyiga yo‘l olgan. 가마 ning har xil turlari mavjud. 가마 ni odatda yuqori tabaqaga mansub kishilar ishlatganlari sababli, oddiy aholi bunday 가마 lar o‘tib ketayotganida uzun va ingichka ovoz bilan ularni yanada e’zozlab, ularni kuchini yanada oshirganlar. 가마 obro‘ va insoniy qadr-qimmatni saqlab, oliyjanob bo‘lib yashab o‘tgan koreys millatining ko‘rinishini butunlay o‘zida jam etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |