Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Til tarixining “Eski o‘zbek adabiy tili” bosqichi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Til tarixining “Eski o‘zbek adabiy tili” bosqichi. 
XV–XVI  asrlarda  O‘rta  va  Markaziy  Osiyoda  til  vaziyati. 
Temuriylar  davlatida  davlat  tili  va  rasmiy  yozuv  masalalari  (uyg‘ur 
va  arab  alifbolari).  Mavlono  Lutfiy,  Atoiy,  Sakkokiy  singari 
adiblarning  adabiy  til  taraqqiyotiga  qo‘shgan  ulushi.  Turkiy  tilning 
yuksalishida 
Alisher 
Navoiyning 
xizmatlari. 
Navoiyning 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”  asari  va  uning  tahlili.  Husayn  Boyqaro, 
Zahiriddin Bobur, Muhammad Solih, Muhammad Shayboniyxonning 
adabiy til tarixidagi xizmatlari.    
Eski  o‘zbek  tili(“chig‘atoy  turkiysi”)ning  fonetik  xususiyatlari. 
Unlilar  tizimi  (a,  ä,  e,  ā,  ï,  i,  u,  ü,  o,  ö).  Ularning  ochiqlamasi. 
Hozirgi  o‘zbek  tilidagi  ā  tovushining  tarixiga  doir.  Klassik  o‘zbek 
tilida  singarmonizm.  Singarmonizm  –  eski  o‘zbek  tilining  temir 
qonuni  sifatida.  Undoshlar  tizimi.  Eski  o‘zbek  tilida  undoshlar 
tizimida yuz bergan o‘zgarishlar. 
Ot  va  uning  kategoriyalari.  Ko‘plik,  forsiy  va  arabiy  ko‘plik 
shakllari.  Egalik.  Kelishik  qo‘shimchalari.  Sifat  va  uning  muhim 
belgilari. Son va uning belgilari. Olmoshlar. Eski o‘zbek tilida fe’l va 
uning shakllari. Yordamchi so‘zlar.  


 
362
Eski  o‘zbek  tilida  gap  va  uning  muhim  belgilari.  Klassik 
matnlarda  gaplarni  ajratish  o‘lchovlari.  Sodda  gap.  Gapning  ifoda 
maqsadiga ko‘ra turlari. Gap bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.   
Qo‘shma gaplar va ularning turlari: bog‘lovchili va bog‘lovchisiz 
bog‘langan  qo‘shma  gap,  ergashgan  qo‘shma  gap.  Ergash  gapning 
bosh  gapga  birikish  usullari.  -kim,  čun  bog‘lovchili  ergashgan 
qo‘shma  gaplar.  Ko‘chirma  gap.  Arab  va  fors  tillariga  xos  ayrim 
sintaktik-grammatik  formalarning  turkiy  matnga,  turkiy  gap 
qurilishiga  ta’siri  masalasi.  Eski  o‘zbek  tilida  matn  uslubi.  Uning 
o‘ziga  xos  belgilari.  Gapdagi  leksik,  morfologik,  sintaktik 
munosabatlarning,  gap  qurilishining  matn  uslubiga  ta’siri  masalasi. 
O‘zbek mumtoz she’riyati uslubi. Nasriy asarlar uslubi. Maktublar va 
ularning uslubi.  
O‘zbek adabiy tilining XVII–XIX asrlardagi taraqqiyoti.  
Abulg‘oziy  Bahodirxon,  Turdi  Farog‘iy,  Boborahim  Mashrab, 
Xuvaydo,  Shermuhammad  Munis,  Muhammad  Sharif  Gulxaniy, 
Amiriy,  Jahon  otin  –  Uvaysiy,  Muhammadrizo  Erniyozbek  o‘g‘li 
Ogahiy,  Muhammad  Aminxo‘ja  Muqimiy,  Zokirjon  Xolmuhammad 
o‘g‘li Furqat singari adiblarning adabiy til taraqqiyotidagi xizmatlari. 
Turkiy tillar tarixi, o‘zbek adabiy tili tarixini  o‘rganish sohasida 
turkshunoslik va tilshunoslik oldida turgan vazifalar.      
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish