Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va
kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi
Turkiy adabiy tilining yuzaga kelishi, yozma uslublar va
grammatik me’yorlarning muayyan qolipga tushuvi, ularning
yuksaluvida shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar,
tarjimonu kotiblarning xizmati kattadir.
Qadimgi turk adabiyotining eng keksa namoyandalaridan
biri Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida yashab, ijod etgan adib va
tarixnavis, yirik davlat arbobi To‘nyuquqdir. U uch xoqon –
Eltarish, uning inisi Bo‘gu, Eltarishning o‘g‘li Bilga xoqon
taxtda ekanligi chog‘ida maslahatchi va sarkarda edi.
Saksondan o‘tib vafot etgan. To‘nyuquqning bir asari ma’lum.
Asar adibning o‘z xotirasiga tiklangan qabrtoshga bitilgan.
Bitigda adibning oti uu#v
Do'stlaringiz bilan baham: |