Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Temuriylar  saltanati  davrida  til  vaziyati



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Temuriylar  saltanati  davrida  til  vaziyati.  Temuriylar 
zamonida davlat tili turkiy til edi. 
Temuriylar  davlatida  rasmiy,  diplomatik  ishlar  asosan, 
turkiy tilda olib borilgan. Turonning sultoni Temurbekning o‘zi 
turkiy  tilga  katta  e’tibor  qaratgan.  Uning  yetti  yuz  to‘qson 
uchinchi 
yilning 
ko‘klamida 
(=1391 
yilning 
apreli) 
To‘xtamishxonga  qarshi  yurish  boshlagan  chog‘da  yozdirgan 
xotira  bitigtoshining  turkiy  tilda  va  qadimgi  turkiy  (uyg‘ur) 
xatida  bitilganligi  bejiz  emas.  Temurbek  taxtda  ekanligi 
chog‘idagi  ham,  butun  saltanat  bo‘yi  eski  til  va  yozuv 
an’anasiga  amal  qilindi.  Buni  temuriylar  tomonidan  bitilgan 
rasmiy  hujjatlar    isbotlab  turibdi.  Chunonchi,  Shohruhning 
hijriy 825  sigir  yili  muharram oyining 22 kuni (=1422  yilning 
16 yanvari) Hirot yaqinidagi Bog‘i shaharda bitilgan suyurg‘al 


 
31
bitigi,  Sulton  Abu  Saidning  hijriy  873  yilning  22  rabiu-l-
avvalida  (=melodiy  1468)  Uzun  Hasanga  yuborgan  bitigi, 
Sulton Umarshayxning 1469 yili bitilgan yorliqlari turkiy tilda 
va uyg‘ur xatidadir. 
Temuriylar  davri  til  vaziyati  xususida  Alisher  Navoiy 
muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan.  Navoiy  Sharqda  turkiy 
tilning  obro‘  va  mavqei  to‘g‘risida  alohida  to‘xtalgan  edi. 
Uning  ta’kidlashicha,  tillarning  barchasidan  arab  tili  nafisligi 
bilan 
ajralgan 
va 
balog‘at 
bezagi 
bilan 
mo‘’jiza 
ko‘rsatuvchandir-ki,  hech  takallum  ahlining  bunda  da’vosi 
yo‘q, so‘zi sidq va ishi taslim bo‘lishdir. Malik-i olam jalla va 
a’loning kalom-i mo‘’jiznizomi ul til bilan nozil. Rasul alayhi-s 
salovati vas-salomning hadis-i saodat anjomi u lafz bilan vorid 
bo‘libdir... 
Bundan so‘ngra uch nav til borkim, asl va mo‘’tabardir. Va 
ul  tillarning  har  biri  o‘z  gapiruvchilarining  so‘zlashuvlariga 
mosdir va har qaysisining tarmoqlari  bag‘oyat ko‘pdir.  Ammo 
turkiy,  forsiy  va  hindiy  asl  tillarning  chiqish  o‘rnidir-ki,  Nuh 
payg‘ambar  salavatullahi  alayhining  uch  o‘g‘liga:  Yofas,  Som 
va  Homga  tutashadi...  Uch  til-ki:  turkiy,  forsiy  va  hindiy  bu 
uchovining avlod va qaramlari orasida tarqaldi (ML.167–168).      
Navoiyning  yozishicha,  turkning  ulug‘idan  kichigigacha, 
navkaridan begigacha sart tilidan bahramanddirlar. Andoq-kim, 
o‘z  tirikchiligi  xususida  so‘zlasha  olurlar.  Ba’zi  fasohat-u 
balog‘at bilan ham takallum qilurlar. Hatto turk shoirlari forsiy 
til  bilan  rangin  she’rlar  va  shirin  guftor  zohir  qilurlar 
(ML.169). 
Navoiyning  yozishicha,  mamlakat  arab  xalifalari  va 
sultonlari  qo‘lida  ekan,  falak  ul  kezda  dibirg‘a  arab  tili  bilan 
jilva   berdi.  Andoq-ki, Hasson Sobitdek va Laqitdek maliku-l-
kalom  suxanguzorlar  va  ma’ni  yaratuvchi  go‘zal  so‘z  egalari 
paydo  bo‘ldilar  va  o‘z  tillarida  she’r      adosining  dodini 
berdilar.  Bu  munosabat  bilan  arab  podshohlaridan  Ibrohim 
Mahdiydek, 
Ma’mun 
xalifadek 
va 
bulardan 
o‘zga 


 
32
salotunzodalar, 
she’rlardan 
qasidalar 
aytdilar, 
foydalar 
keltirdilar.  
Dunyoning  ba’zi  iqlim  va o‘lkasida sart (fors) podshohlari 
mustaqil  bo‘lgandan  keyin  forsigo‘y  shoirlar  paydo  bo‘ldilar. 
Qasidada  Xoqoniy,  Anvariy,  Kamol  Ismoil,  Zahir  va 
Salmondek;  masnaviyda  ustod-i  fan    Firdavsiy,  zamonining 
nodiri  shayx  Nizomiy  va  hind  sehrgari  Mir  Xusravdek; 
g‘azalda o‘z  vaqtining yaratuvchisi Shayx Muslihiddin Sa’diy 
va asrning yagonasi Xoja Hofiz Sheroziy kabilar yetishdi... Bu 
munosabat  bilan  sart  sultonlaridan  ham  sulton  Tug‘ruldek  va 
shoh  Shijodek  yuqori  qadrli  podshohlar  va  baland  martabali 
yulduz sipohlar rangin  baytlar,  shirin g‘azallar aytdilar,  o‘z va 
o‘z  zamonlarida  mashhur  bo‘ldilar  va  turmushlari  varaqlarida 
yozildi.  
Mamlakat  arab  va  sart  sultonlaridan  turk  xonlariga 
o‘tgandan  so‘ng,  Xulaguxon    zamonidan  sulton  sohibqiron 
Temur Kurgon zamonigacha turk tili bilan ijod qiluvchi ta’rifga 
loyiq  shoir  paydo  bo‘lmadi,  varaqqa  yozilguvchi    asar  zohir 
bo‘lmadi.  Sultonlardan  ham  qasida  aytishga  loyig‘i  bo‘lmadi. 
Ammo  sulton  sohibqiron  Temur  Kurgon  zamonidan  farzandi 
Shohruh  sulton  zamonining  oxirigacha  turk  tilida  yozuvchi 
shoirlar  paydo  bo‘ldilar  va  ul  xazratning  avlodlaridan  ham 
xushta’b  podshohlar  paydo  bo‘ldilar.  Shoirlardan  Sakkokiy, 
Haydar    Xorazmiy,  Atoiy,  Muqimiy,  Yaqiniy,  Amiriy  va 
Gadoiy  kabi.  Lekin  yuqorida  aytilgan  forsiy  shoirlarga 
tenglashadigani  paydo  bo‘lmadi.  Ularga  yolg‘iz  Mavlono 
Lutfiy  tenglasha  oldi.  U  kishining  tab  ahli  qoshida  o‘qisa 
bo‘ladigan bir necha ma’tlalari bor...  
Podshohlar  ichidan  ham,  sulton  Boburdan  boshqa  hech 
qaysisidan she’riy asar chiqmadi va varaq yuziga naqsh qilarli 
biror  narsa  qolmadi...  to  bu  vaqtgachaki...  Abulg‘ozi  Sulton 
Husayn  Bahodirxon...  podshohlik  taxtiga  o‘tirgach...  so‘z  
ahlini yuqori darajaga ko‘tarish va rivojlantirish yuz berdi. Har 
ilmda foydali asarlar, har fanda natijali yozishmalar yaratdilar, 


 
33
qiziq kitoblar va ajoyib devon, g‘azal, qasida va masnaviy kabi 
she’r  turlari  hamma  yoqqa  yoyildi.  O‘zlari  ham,  garchi  ham 
forsiy,  ham  turki  tilda  aytmoqqa  qodir  bo‘lsalar-da,  ammo  asl 
tab’larining  tortishi  va  shu  tilning  tarqalgan  bo‘lishi 
munosabati bilan turkiy tilda devon yaratishga mayl qildilar va 
ko‘ngilga  yoquvchi  baytlar,  tengi  yo‘q  g‘azallar  tuzdilar 
(ML.188–190). 
Temuriylar saltanatining ayrim hududlarida ikki tillilik ham 
amal  qilgan.  Buni  biz  Hirot  adabiy  muhitida  ijod  etgan 
adabiyot ahllari asarlarida yaqqol kuzatishimiz mumkin. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish