Danilevskiyning “Rossiya va Yevropa” asari
14
Asar 17 bobdan iborat. Danilevskiy rus xalqi va slavyanlarni tarixdan saboq
chiqarib harakat qilishga chorlaydi. Menimcha, shuning uchun u asarining har bir
bobida jahonda sodir bo’layotgan voqealarni tahlil qilib undan xulosalar
chiqarishga harakat qiladi.
V bob.
Madaniy-tarixiy turlar va ularning ba’zi rivojlanish qonuniyatlari.
I qonun. Danilevskiy fikricha, yagona til yoki til oilasi umumiyligi ostida bir-birini
yaxshi tushunadigan yoki bir-biri bilan munosabatga kirishganda katta qiyinchilik
tug’dirmaydigan xalq urug’i yoki jamoasi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan
madaniy-tarixiy tur rivojlanishi mumkin.
II qonun. Sivilizatsiya rivojlanishi , ravnaq topishi uchun eng muhim narsalardan
biri shu madaniy-tarixiy tur xalqlari siyosiy mustaqillilkdan foydalanishi kerak.
III qonun. Bir madaniy-tarixiy tur sivilizatsiyasining boshlanishi boshqa turlarga
o’tmaydi. Har bir tur uni ozmi- ko’pmi unga zamondosh bo’lgan yoki undan
oldingi sivilizatsiyalar tasirida yaratdi.
IV qonun. Har bir madaniy tur uni tashkil qiluvchi etnografik elementlar bir
maqsad sari yo’naltirilib siyosiy davlatga aylantirilganda mukammallika erishadi.
V qonun. Madaniy-tarixiy turlar ko’pincha bir marta meva beradigan ko’p yillik
o’simlikka o’xshaydi, yashash umri uzoq davom etadi lekin gullash va meva berish
davri bir marta bo’ladi.
Danilevskiy fikricha dunyo tarixidagi o’nta rivojlangan sivilizatsiyalardan uchtasi
somiy xalqlariga tegishlidir. Bobil, yaxudiy va arab tilida so’zlashuvchi qabilalar
o’z madaniyatiga ega bo’lganlar. Oriy tillari yettita til oilasiga bo’linadi va
ularning beshtasi o’ziga xos madaniy-tarixiy turni namoyon qiladi: Sanskrit, fors,
yunon, rim va german. Somiy va oriy xalqlaridan tashqari yana ikki xalq Misrliklar
va Xitoyliklar o’ziga xos madaniy-tarixiy turni yaratganlar. Yana o’z
sivilizatsiyasiga erishgan zalqlar bo’lgan lekin ular o’z mustaqilligini saqlab qola
olmagan va tarix sahnasidan o’chib ketgan. Yana noqulay iqlim sharitida yashagan
xalqlar (qora tanlilar, mo’g’ullar, turkiy qabilalar) ko’chmanchi va yovvoyi hayot
tarzidan chiqib keta olmaganlar. U rivojlanishning uchinchi qonunini izohlab
15
quyidagilarni
misol
tariqasida
keltiradi.
Yaxudiylar
o’z
madaniyatini
atrofidagilarga tarqatmaganlar. Xitoy madaniyati faqatgina xitoyliklar va yaponlar
orasida tarqalgan. Misr madaniyati misrliklarga oid bo’lgan xalqlar orasida
tarqalgan. Yunon madaniyatin Makedoniyalik Aleksandr butun dunyoga yoyishga
harakat qilgan. U sharqni egallash bilan birga ellinistik madaniyatni ham yoygan.
Ma’lum ma’noda bunga oz bo’lsada erishgan. Uning o’limidan so’ng, baribir
sharqdagi xalqlqr o’zlarining madaniyatlariga qaytganlar. Demak, zo’rlik bilan o’z
madaniyatini yoyish va o’zga madaniyatlarni yo’q qilish kutilgan natijalarni
bermaydi. Bundan xulosa shuki, biror madaniyatni yoyish uchun o’zga xalqlarga
madaniyatidan voz kechishga majburlab boshqa madaniyatni olib kelish yaxshi
natija bermaydi. Buning o’rniga sivilizatsiyani bir yerdan boshqa yerga ko’chirish
kerak, yoki koloniyalashtirish kerak. Madaniyatni bunday yoyish orqali inglizlar
Shimoliy Amerikani, Avstraliyani egallaganlar. Danilevskiy o’z asarida ba’zi
yevropa olimlari tomonidan insonning tashqi tuzilishi, fizik holatidan uning
qanday ekanligi va nimlarga qodirligini aniqlash haqidagi nazariyalarni ilgari
surganlar va shunga qarab xalqlarni qoloq, omilkor, fikrlashga qodir kabi turlarga
bo’lib chiqqanlar. Bularning hammasi yevropasentrizmga olib keladi. Ya’ni
yevropa xalqlarining boshqa xalqlardan ustunligi va ular oliy tabaqa ekanligini
uqtiradi. Lekin bularning hammasi ham haqiqat emas. Insonning qobilyati uning
tashqi ko’rinishi bilan emas balki ichki quvvati bilan bog’liq. Va turli nazariyalarni
hamma o’ziga moslab talqin qilishi mumkin, lekin shuni aytish mumkinki rus xalqi
dunyoga juda ko’plab aql egalarini bergan. Ularning hech biri yevropaning boshqa
xalqlaridan qolishmaydi. Masalan: shoir Pushkin, olim Lomanosov, bastakor
Chaykovoskiy, yozuvchilar Gogol, Dostayevskiy va boshqalar.
Danilevskiy Sharq va G’arb masalasida fikr yuritib, bunday ajratish ham noto’g’ri
ekanligini aytgan. Xalqlarning sivilizatsiyaga erishuvida sharoit va iqlimning
birlamchi ekanligini ham inkor qiladi. O’sha davrda Yevropa dunyodagi eng
rivojlangan qit’a, dunyoda har doim yetakchi bo’lgan va shunga o’xshash fikrlar
ham asosiz ekanligini ta’kidlaydi. G’arb doimo o’sishda davom etadi, sharqda esa
zulmatga mahkumdir. Bunday fikrlarni rad etish uchun sotsiolog-faylasuf xitoy
16
bilan Yevropani solishtiradi. U xitoyliklar Yevropadan ancha oldinda
bo’lganliklari va ularning juda katta yutuqlarga erishganligini faktlar bilan keltirib
o’tadi.
Danilevskiy fikricha dunyodagi eng maqbul va juda ko’p vaqtlardan beri o’z
ahamiyatini yoqotmay kelayotga shahar Sarigraddir. Avval Vizantiya , so’ngra
Kanstantinopol, usmoniylar bosqinidan so’ng esa Istanbul degan nom olgan shahar
aslida Sarigrad deb nomlanishi kerak. Butun slavyanlar federatsiyasi tuzilgandan
so’ng Sarigrad uning poytaxti bo’lishi zarur edi. Danilevskiy fikricha Istanbulga
turklarning da’vo qilishiga haqqi yo’q. Chunki shahar azaldan xristian dunyosiga
slavyanlarga tegishli bo’lgan.
Ijodkorning g’oyalari o’z tarafdorlarini topdi shu bilan birga bu g’oyaga qarshilar
ham bo’ldi. O’zining g’oyalari va fikrlari tufayli Danilevskiy siyosiy doirada
panslavyanizm ideologi sifatida tanildi.
Rus tarixchisi Milyukov Danilevskiyning g’oyalariga qarshilik bildirgan va bu
faqat millatchilik va panslavyanizmga olib keladi deb takidlagan. Lekin uning o’zi
I jahon urushi davrida kadetlar partiyasi yetakchisi sifatida panslavyanizmni
partiyaning asosiy g’oyasi qilib oladi. Kitobning kuchli tomonlarini ko’ra bilgan
rus tarixchilaridan biri K.N. Bestujev-Ryumin edi. Uning fikricha rus
mutafakkirlarining g’arb madaniyati va yutuqlari oldida bosh egishlarining sababi
ularning Danilevskiyning tarixiy-falsafiy qarashlarini qabul qilmaganliklarida deb
biladi. Vl.Solovyov tomonidan ham Danilevskiyning asari qattiq tanqidga
uchragan, chunki Danilevskiy g’oyalari Solovyov ilgari surgan g’oyalarning
teskarisi edi. Solovyov fikricha, insoniyat bu bitta organizmdir, boshqa xalqlar va
millatlar shu tirik organizmning qismi yoki organidir. Uning niyati barcha
xristianlarni Rim boshchiligida birlashtirish edi.
Danilevskiy asari Yevropada ham mashhurdir. 1920-yilda Germaniyada chop
etilgan Shpenglerning “ Yevropaning so’nishi” asaridan so’ng Danilevskiy ijodiga
qiziqish oshdi. Danilevskiy va Shpengler nazariyalarini solishtirilganda ularning
o’xshashligi aniqlangan. Shpengler Danilevskiyni o’qiganmi degan savol hali ham
17
javobsiz. Lekin Shpengler kutubxonasida “Rossiya va Yevropa” ning borligi
faktdir. Bu haqida aniq ma’lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |