Fikrlash faoliyati -
aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va
jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat;
Imajitiv
- (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda
hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini
anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Muloqot
- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamdi faoliyat
turlaridan biri.
O‘yin
- shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat
normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi.
O‘qish
faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |