D.V.Olshanskiy terroristik faoliyatini 7 ta shaxsiy motivlarni sanab ko‘rsatadi:
Merkantil motivlar.
Gʻoyaviy motivlar.
Dunyoni faol oʻzgartirish yoki qayta qurishga qaratilgan motivlar.
Insonlar ustidan hukmronlik qilish motivi.
Terrorga qiziqish motivi.
Terroristik guruhga emotsional bogʻliqlik motivi.
Oʻz-oʻzini realizatsiyalash motivi.
4. Jarohatdan keyingi stress buzilishlari Ekstremal vaziyatlar inson psixikasiga kuchli taʼsir etishi natijasida unda jarohatli stress paydo boʻladi. Jarohat stressining psixologik oqibatlari jarohatdan keyingi stress buzilishlarida namoyon boʻladi. Jarohatdan keyingi stress buzilishlari jarohat stressini boshdan oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan psixologik oqibatlardir, shu bilan birga jarohatdan keyingi stress buzilishlari jarohatli stressi vaziyatini boshdan kechirgan 20% insonlarda yuzaga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |