Matematik induksiya – matematik induksiya prinsipiga asoslangan
matematik tasdiqni isbotlovchi metod:
Agar A(1) isbotlangan bo’lsa, x natural parametrga bo’g’liq A(x) tasdiq
isbotlangan deb hisoblanadi va ixtiyoriy n natural son uchun A (n) to’g’ri deb faraz qilinsa, n+1 uchun A (n+1) to’g’ri hisoblanadi.
A (1) tasdiqning isbotlanishi induksiyaning birinchi qadami hisoblanadi,
A(n) uchun farazdan A (n+1) ning isbotlanishi induksiyali o’tish deyiladi. Bunda induksiyaarametric deyiladi,
A(n+1) ni isbotlashda A(n) ni faraz qilish induktivli faraz deyiladi.
Matematik induksiya metodining mohiyati quyidagicha:
Agar tasdiqlash ketma-ketligi mavjud bo’lsa, birinchi tasdiq to’g’ri va har
bir to’g’ri tasdidan so’ng to’g’ri tasdiq mavjud bo’lsa, ketma-ketlikdagi barcha tasdiq to’g’ri hisoblanadi.
3. Nomanfiy butun sonlar to'plamini to'plamlar nazariyasi asosida qurish XIX asrda
G. Kantor tomonidan to'plamlar nazariyasi yaratilgandan so'ng
mumkin bo'ldi. Bu nazariya asosida chekli to'plam va o'zaro bir
qiymatli moslik tushunchalari yotadi.
1 -t a ’ r i f. Agar A va В to ‘plamlar orasida о ‘zaro bir qiymatli
moslik o ‘rnatish mumkin bo'lsa, bu to'plamlar teng quvvatli deyiladi. A ~ В ко ‘rinishda yoziladi.
«Teng quwatlilik» munosabati refleksiv va tranzitiv bo'lgani
uchun u ekvivalentlik munosabati bo'ladi va barcha chekli
to'plamlarni ekvivalentlik sinflariga ajratadi. Har bir sinfda turli
elementli to'plamlar yig'ilgan bo'lib, ularning umumiy xossasi
teng quvvatli ekanligidir.
2-t a ’ r i f. Natural son deb, bo ‘sh bo ‘Imagan chekli teng quvvatli
to ‘plamlar sinfining umumiy xossasiga aytiladi.
Har bir ekvivalentlik sinfming umumiy xossasini uning biror
to‘plami to'la ifodalaydi. Har bir sinf xossasini ifodalovchi natural
son alohida belgi bilan belgilanadi. A to‘plam bilan aniqlanadigan
a son shu to‘plamning quvvati deyiladi va a = n(A) deb yoziladi.
Masalan, 3 soni uch elementli to'plamlar sinfming umumiy
xossasini bildiradi va u bu sinfning istalgan to‘plami bilan
aniqlanadi. 3 natural sonini ekvivalent to‘plamlar sinfming^ = {a;
b\ 5}, B = {qizil, sariq, yashil}, C = {□; V; 0} kabi vakillarini
ko‘rsatish bilan aniqlash mumkin.
Har bir chekli to‘plamga unga tegishli boimagan biror elementni q o ‘shib, berilgan to ‘plamga ekvivalent boim agan
2.to'plamni hosil qilamiz. Bu jarayonni davom ettirib, o ‘zaro
ekvivalent boimagan to'plamlaming cheksiz ketma-ketligini va
shu to'plamlar bilan aniqlanadigan 1, 2, 3, ..., n, ... ko'rinishda
belgilangan natural sonlar ketma-ketligini hosil qilamiz. Barcha
natural sonlar to'plamini A^= {1; 2; 3; ...} ko'rinishda yozishga
kelishamiz.
3-t a ’ r i f. Bo 'sh to ‘plamlar sinfming umumiy xossasiga esa son
0 soni deyiladi, 0 = «(0).
0 soni va barcha natural sonlar birgalikda nomanfiy butun
sonlar to'plamini tashkil qiladi. Bu to'plam N 0 ko'rinishida belgilanadi. N q - {0}v N. Bu yerda, N — barcha natural sonlar
uvi. 0 ‘nlik sanoq sistemasida xona birliklari o‘n, yuz, ming, o‘n ming, yuz ming va
hokazolar boiib, ular 1 0 , 102, 1 03, 104, ... ko'rinishda ifodalanadi va unda har bir xonaning bitta birligi ikkinchi xonadan boshlab
o‘zidan oldingi xonaning o‘nta birligiga teng boiadi, ya’ni qo'shni
xona birliklari nisbati sanoq sistemasining asosi — 10 ga teng.
Sonlar 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 dan iborat 10 ta belgi yordamida
yoziladi va bu belgilar raqamlar deb ataladi. Son yozuvida har
bir raqam ma’lum xona birliklari sonini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |