Axborot manbalari
https://lex.uz//docs
https://sahifa.tj/uzbeksko-russkij.aspx-Uzbekskogo-russkiy perevodchik.
https://library.ziyonet.uz/-ta‘lim portali
8-mavzu: Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari
Ilmiy adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, ma‘lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina Qo’llaniladigan va asosan O’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. TO’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Hususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol Qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
E‘tirof etish kerakki, O’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy- texnikaviy atamalarning salmog‘I katta. An‘anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda O’rganamiz:
Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in‘ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma‘naviy, ma‘rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta,
kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma‘lum qismlari:
Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Do'stlaringiz bilan baham: |